Jinoyat ishini yuritish chogida qamoqda saqlash tugrisidagi qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar

Jinoyat ishini yuritish chogida qamoqda saqlash tugrisidagi qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar

«jinoyat ishini yuritish chogida qamoqda saqlash tugrisida»gi qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 27 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–KhII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 38-modda 4-bandining uzbekcha matnidagi «izolyatorlari» degan suz «hibskhonalari» degan suz bilan almashtirilsin;
2) 97-moddaning turtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qamoqda saqlash joylarida, reabilitasiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shakhslar suroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning mamuriyati orqali chaqirtiriladi»;
3) 216, 229, 231, 232, 233-moddalar chiqarib tashlansin;
4) 225-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tuldirilsin:
«Milisiya khodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning khodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shakhs milisiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab un ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda khabar berishi shart»;
ikkinchi, uchinchi va turtinchi qismlari tegishincha uchinchi, turtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 228-modda:
birinchi qismining uzbekcha matnidagi «avakhtaga» degan suz «gauptvakhtaga» degan suz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi «kemalarda» degan suz «dengiz va daryo kemalarida» degan suzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi «jazoni ijro etish koloniyalarida» degan suzlar «jazoni ijro etish muassasalarida» degan suzlar bilan almashtirilsin;
turtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi turtinchi qism bilan almashtirilsin:
«Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi»;
6) 244-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibskhonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi buyicha yoki bir necha uzaro bogliq jinoyat ishlari buyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash tugrisida tergov hibskhonasining mamuriyatiga yozma kursatma berishga haqli.
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining turtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogir va uta ogir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bulsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga kura tergov hibskhonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga etmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma khulosasi bilan tasdiqlangan ogir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shakhslarga nisbatan qullanilmaydi.
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibskhonalarida un sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibskhonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yullari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati bulmagan hollarda, bunday shakhslar vaqtincha saqlash hibskhonalarida tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yokhud sudning ajrimiga kura uttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
Qamoqqa olingan harbiy khizmatchilar gauptvakhtalarda kupi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy khizmatchini gauptvakhtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda kurib chiqish vaqtiga, lekin kupi bilan un besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy khizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvakhtalarda saqlanishi mumkin.
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibskhonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda kurib chiqish uchun zarur bulgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini utkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati bulmaganda ular tergov hibskhonalaridan vaqtincha saqlash hibskhonalariga utkazilishi, lekin bir oy mobaynida kupi bilan un sutkaga utkazilishi mumkin. Bunday utkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa erga kuchirish tugrisidagi tergovchining, prokurorning qarori yokhud sudning ajrimi asos buladi.
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi buyicha guvoh yoki jabrlanuvchi bulsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibskhonasiga utkazilishi yoki tergov hibskhonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning urinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga kura esa ish sudda kurib chiqilishi vaqtiga tergov hibskhonasida saqlanishi mumkin.
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa erga kuchirish tugrisidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yokhud sudning ajrimiga muvofiq boshqa erga utkaziladi. Mahkumni boshqa erga kuchirishni ijro etish Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining makhsus bulinmalari zimmasiga yuklanadi.
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi»;
7) 388-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan tuldirilsin:
«Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan bulsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida kursatilgan hujjatlar prokurorning topshirigiga kura unga qamoqda saqlash joyining mamuriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilkhat olib topshiriladi, tilkhat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt kursatilgan holda sudga taqdim etiladi»;
8) 475-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tuldirilsin:
«Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bulsa, hukmning kuchirma nuskhasi unga qamoqda saqlash joyining mamuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilkhat olib topshiriladi, tilkhat kuchirma nuskha topshirilgan sana va vaqt kursatilgan holda sudga taqdim etiladi»;
9) 538-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Boshqa shakhs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur bulganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni utash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibskhonasiga Qoraqalpogiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning urinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda kurilishi munosabati bilan — sud ajrimiga kura ish sudda kurib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin».
2-modda. Uzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik tugrisidagi kodeksi (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar) 210-moddasining nomi va dispozisiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, makhsus davolash-oldini olish yoki makhsus uquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shakhslarga taqiqlangan narsalarni berish
Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, makhsus davolash-oldini olish yoki makhsus uquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shakhslarga berilishi taqiqlangan narsalarni kuzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish».
3-modda. Uzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 4, 157-modda; 2008 yil, № 4, 189-modda; 2009 yil, № 9, 328-modda; 2010 yil, № 9, 334, 335-moddalar) 217-moddasining uzbekcha matnidagi «izolyatorlarida» degan suz «hibskhonalarida» degan suz bilan almashtirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2011 yil 5 oktyabrdagi 192 (5359)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011 yil 29 sentyabr,
URQ-299-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2011 y., 40-son, 410-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.