Jizzaxda barkamol avlod-2017 sport musobakalari boshlandi — ozbekiston

Jizzaxda barkamol avlod-2017 sport musobak’alari boshlandi — o’zbekiston
Jizzax shahrida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’k’uvchilarining «Barkamol avlod—2017» respublika sport musobak’alari boshlandi. Musobak’a 25 maydan 27 mayga k’adar davom etadi.
Musobak’alarning final bosk’ichida 898 nafar sportchi va 236 nafar murabbiy ishtirok etadi. 159 nafar hakamlar hay’ati sportning 17 turi bo’yicha xizmat k’iladi.
Musobak’alarning birinchi kuni «So’g’diyona» universal sport majmuasida sportchilar brass, chalk’ancha, batterflyay, erkin hamda aralash estafeta usullarida suzish bo’yicha o’zaro kuch sinashdi.
K’izlar o’rtasida 50 metrga batterflyay usulda suzish bahslarida Paralimpiya-2016 uch karra g’olibi k’ashk’adaryolik Fotima Amilova marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tib, oltin medal sohibi bo’ldi. Shu masofaga o’smirlar o’rtasidagi musobak’alarda andijonlik Zufar Abdulazizov birinchi o’rinni egalladi.
O’smirlar va k’izlar o’rtasida 50 metrga chalk’ancha usulda suzish bahslarida poytaxtlik sportchilar Irina Ushakova va Aleksey Tarasenko shohsupaning yuk’ori pog’onasidan joy oldi.
100 metrga batterflyay usulda suzishda k’orak’alpog’istonlik Marjina O’razimbetova va poytaxtlik Artyom Kozlyuk eng yaxshi natija k’ayd etdi.
200 yuz metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik Shahnoza Sodik’ova va Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov g’olib chik’di. K’izlar o’rtasida aralash estafeta musobak’asida K’ashk’adaryo viloyati, o’g’il bolalar o’rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi o’rinni k’o’lga kiritdi.
Suzish bo’yicha musobak’alarning birinchi kuni natijalariga ko’ra, eng ko’p ochko jamg’argan Toshkent shahri jamoasi birinchi, andijonliklar ikkinchi, kashk’adaryoliklar uchinchi o’rinni egallashdi. Musobak’alar yakunida g’oliblarga diplom va sovg’alar topshirildi.
Musobak’alar to’rtta ob’ektda o’tkaziladi. «So’g’diyona» universal sport majmuasida boks, badiiy gimnastika, suzish, engil atletika, Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida gandbol, basketbol, badminton, stol tennisi, erkin va yunon-rum kurashlari, dzyudo, taekvondo, og’ir atletika, tennis, Jizzax politexnika institutida voleybol, futbol, Jizzax politexnika instituti k’oshidagi akademik lisey sport zalida shaxmat sport turlari bo’yicha musobak’alar bo’lib o’tadi.
Sport bayrami ishtirokchilarining bo’sh vak’tlarini mazmunli tashkil etish uchun badiiy-musik’iy kechalar, milliy kino va hujjatli filmlar namoyishi, tanik’li shoir, yozuvchi, san’atkor va sportchilar bilan uchrashuvlar, Jizzax shahrining dik’k’atga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtirish kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi ishlab chik’ilgan.
Комментарии 0