Kir yuvish mashinasini kasmokdan xalos etish — ozbekiston

Kir yuvish mashinasini k’asmok’dan xalos etish — o’zbekiston
Kir yuvish mashinasi juda nozik, uni alohida e’tibor bilan asrash kerak, aks holda, tez orada buzilib k’olishi hech gap emas. K’asmok’ – doimiy muammolardan bo’lib, unga k’arshi kurashish juda muhimdir. Albatta, muammoni bartaraf k’ilishda k’immat vositalardan foydalanish mumkin. Birok’ ro’zg’orda ishlatiladigan oddiy vositalar ham ajoyib natija berib, kir yuvish mashinasini zararli moddalardan xalos etadi.
Shunday k’ilib, umumiy hajmi 3,5 kg bo’lgan kir yuvish mashinasi uchun 4 dona 15 grammdan k’adok’langan limon kislotasi, hajmi 5 kg bo’lgan kir yuvish mashinasi uchun esa 2 dona 100 grammli kukun ishlatiladi.
Kir yuvish kukuni solinadigan bo’lmaga limon kislotasi solinib, eng katta haroratda, to’lik’ yuvish muddatiga k’o’yiladi. Natija esa sizni hayron k’oldirishi anik’.
Комментарии 0