Kosmin olariu dastlabki dakikada urilgan gol oyinni butunlay ozgartirib yubordi — ozbekiston

Kosmin olariu: «dastlabki dak’ik’ada urilgan gol o’yinni butunlay o’zgartirib yubordi» — o’zbekiston
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobak’asi “A” guruhi 2-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahliy” (2:0) uchrashuvidan keyin amirliklar ustozi Kosmin Olariu o’yin hak’ida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Dastlabki dak’ik’ada kiritilgan gol o’yinni butunlay o’zgartirdi. Biz o’yinga k’aytish uchun harakat k’ildik, ammo rak’ib darvozaboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Biz o’zimiz istagandek o’ynay olmadik. K’arshi hujumlarda xatolarga yo’l k’o’ydik va bular ustida ishlab, muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Endigi e’tiborni OChLdagi yana bir rak’ib – “At-Taavun”ga k’arshi o’yinga k’aratish kerak.
“Lokomotiv” himoyachilari Makete Diop va Everton Ribeyroga k’arshi yaxshi harakat k’ildi. O’yin ular atrofida yasalmagan, garchi ularga nisbatan himoyachilar yaxshi harakat k’ilgan bo’lsa-da, men boshk’a futbolchilardan xavotirdaman. Ahmad Halil jarohati tufayli o’ynay olmadi. U kechagi mashg’ulotlarda ishtirok etdi, ammo o’yinga tayyor emasligini ko’rdik. Shu sababli u zaxirada k’oldi”, – dedi Kosmin Olariu.
Комментарии 0