Mingbuloqda yirik neft koni topildimi — ozbekiston

Mingbuloqda yirik neft koni topildimi — ozbekiston

Mingbuloqda yirik neft koni topildimi? — o’zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi Mingbuloq tumanida yirik neft koni topilganligi haqida khabarlar tarqaldi.
Biz ushbu yangilikka aniqlik kiritish maqsadida viloyatdagi soha mutasaddilari bilan boglandik.
Berilgan malumotlarga kura, haqiqatdan geologiya-qidiruv mutakhassislari tomonidan “Mingbuloq” neft koni hududida erning 6 ming metr chuqurligida katta hajmdagi neft koni borligi aniqlangan.
Ayni payt ushbu konda Uzbekiston va Khitoy davlatining etakchi mutakhassislari tomonidan qazilma ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Hozirda burgilash ishlari 3,5 ming metrga etgan bulib, yana 2,5 ming metr qazish ishlaridan sung kup narsaga oydinlik kiritiladi.
Internet manbalaridan olingan malumotlarga kura, Uzbekistonning geologik neft zakhirasi – 5 mlrd. tonnani tashkil etib, aniqlangan neft zakhirasi esa 530 mln. tonnadan ziyod.
Britaniyaning British Petroleum (BP) kompaniyasi hisobotida 2016 yili Uzbekistonda 2,6 million tonna neft qazib olingani aytiladi.
Nasib qilsa, tez kunlar ichida “Mingbuloq” neft konida yirik “Qora oltin bulogi” topilgani haqidagi khushkhabarni kutib qolamiz.
KUN. UZ mukhbiri Elmurod Ermatov

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.