Mkhkhda ertulasidagi babdullaev bilan uchrashtirilmagan advokat mirziyoevga arz qildi — ozbekiston

Mkhkhda ertulasidagi babdullaev bilan uchrashtirilmagan advokat mirziyoevga arz qildi — ozbekiston

Mkhkhda ertulasidagi b. abdullaev bilan uchrashtirilmagan advokat mirziyoevga arz qildi — o’zbekiston

Jurnalist Bobomurod Abdullaev
Uzbekiston MKhKh hibskhonasda saqlanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev huquqlarini himoya qilayotgan advokat Sergey Mayorov himoyalanuvchisi bilan uchrashtirilmayotgani bois, prezidentga arz qildi. Ozodlik bilan suhbatda Mayorov shu kunga qadar prezident Mirziyoevdan tashqari Uzbekiston Bosh prokurori va MKhKhga ariza yullagani, ammo hanuz javob olmaganini aytdi.
Sergey Mayorov 2 oydan buyon MKhKhning sobiq Gvardeyskaya kuchasidagi tergov izolyatorida saqlanayotgan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev himoyasini 16 noyabrda boshlagani va uni Uzbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi yollaganini aytdi.
Ozodlik bilan suhbatda advokat usha kundan buyon himoyalanuvchisi Bobomurod Abdullaev bilan kurishish uchun qilayotgan urinishlari natija bermaganini bildirdi.
— 4 marta murojaat qildim. Ikkitasi MKhKhga, biri Bosh prokurorga, yana biri prezidentga. Shu kungacha birorta murojaatimga javob olmadim, — dedi Sergey Mayorov.
Advokat jurnalist ishini surishtirayotgan tergovchi bilan uzaro muloqotlarda Bobomurod Abdullaev bilan uchrashuviga «rahbariyat izn bermagani» ogzaki aytilganini qushimcha qildi.
— Men ishni olib borayotgan MKhKh tergovchisi bilan deyarli har kuni telefonda muloqot qilib turibman. Avvalliga u rahbari rukhsat bermayotganini aytdi. Keyin, tergov harakatlari bulgan kezda uzimiz chaqiramiz, deyishdi. Keyin esa hozir oy okhiri, hisobotlar kup, vaqtimiz yuq, deyishdi. Endi mana dekabr oyi boshlandi — dushanba kuni yana murojaat qilaman, — deydi Sergey Mayorov.
Uzbekiston MKhKh hibskhonasidagi himoyalanuvchisi bilan uchrashtirilmayotgan advokat buni noqonuniy harakat, deb baholaydi.
— Birinchidan, menga himoyalanuvchim bilan uchrashish imkoni berilmayotgani noqonuniydir. Uchrashtirilmayotganimning asl sababi esa, menimcha, jurnalistga bosim utkazish maqsadi bulishi mumkin. Lekin men, toki Abdullaevning uzi shakhsan rad etmagunicha, uning huquqlarini himoya qilishda davom etaman, — dedi Sergey Mayorov.
Bunga qadar Uzbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi advokat Tulqin Orifjonov 14 noyabr kuni jurnalist bilan bir bora uchrashtirilganini khabar qilgan edi.
Advokatga «quqqisdan qungiroq qilib», uchrashuvga chaqirishgan, advokat esa Bobomurod Abdullaevni kurib chiqqach, uning shikoyati yuqligi, unda «hech qanaqa qiynoq belgilari yuq»ligini aytgan edi.
Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov: «Bu odamning yoshi ham katta bulgani uchun, sogligi tugri kelmay, «bu ishni olib borolmayman», deb ariza yozdi. Sungra shu Sergey Mayorovni topib, yolladik», dedi 2 dekabr kuni Ozodlik bilan suhbatda.
2017 yilning 27 sentyabrida Toshkentda qulga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev Uzbekiston Jinoyat kodeksi 159-moddasining 4-qismida kuzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (Hokimiyatni bosib olish yoki Uzbekiston Respublikasi konstitusiyaviy tuzumini agdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) ayblanmoqda.
Uzbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov Ozodlikka taqdim etgan 1 oktyabr kungi sud qarorida ezilishicha, «Abdullaev “Uzbekiston Khalq harakati” funksioneri sifatida shu harakat rahbari Muhammad Solihning kursatmasi bilan 2011 yildan buyon Usmon Haqnazarov takhallusi bilan Internetda mavjud konstitusiyaviy tuzumni agdarishga qaratilgan materiallarni tarqatish bilan shugullanib kelgan».
3 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida utkazilgan matbuot anjumanida «Uzbekiston Khalq harakati» rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov takhallusi ostida maqolalar elon qilib kelgan jurnalist ekanini malum qilgan edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.