Mojtaba husayniy ozbek klublariga karshi tajribamiz kol kelishiga umid kilaman — ozbekiston

Mojtaba husayniy ozbek klublariga karshi tajribamiz kol kelishiga umid kilaman — ozbekiston

Mo’jtaba husayniy: «o’zbek klublariga k’arshi tajribamiz k’o’l kelishiga umid k’ilaman» — o’zbekiston

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o’rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron klubi bosh murabbiyi Mo’jtaba Husayniy va klub a’zosi Muhammad Najod Mahmud o’z fikrlarini aytib o’tdi.
“OChL turnirining dastlabki 2 o’yinida k’ayd etilgan natijalar “Bunyodkor” va “Zob Ahan” uchun bo’lajak uchrashuvning k’anchalik muhimligini bildirib turibdi. Shuning uchun ertaga ikkala jamoa ham ijobiy natija uchun maydonga tushadi. “Bunyodkor” o’yinini o’rganib chik’dik. Ularning aynan k’aysidir chizig’ini alohida ajrata olmayman, ularda jamoaviy o’yin yaxshi shakllangan. Lekin Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov va Vadim Chemirtan kabi futbolchilarni alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Biz dastlabki ikki turda atigi 1 ochko jamg’ardik, ammo bundan tushkunlikka tushmaymiz. K’olgan uchrashuvlarda vaziyatni o’nglashga harakat k’ilamiz. Tarkibimizda bitta futbolchi maydonga tusha olmaydi. Biz o’zbek klublariga k’arshi ko’p o’ynaganmiz. Lekin ular ortda k’oldi va har bir bahs tarixda k’oladi. Birok’ ularga k’arshi oldingi o’yiinlarda to’plagan tajribamiz ertaga yordam beradi, deb umid k’ilaman”, – dedi “Zob Ahan” bosh murabbiyi.
“Ertaga har ikki jamoa g’alaba uchun maydonga tushadi. Shuning uchun ertaga yaxshi va o’z navbatida k’iyin o’yin bo’lishi anik’”, – dedi Muhammad Najod Mahmud.
Eslatib o’tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo’lib o’tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.