Navoiy viloyatida kol jangi boyicha yirik xalkaro turnir bolib otdi — ozbekiston

Navoiy viloyatida kol jangi boyicha yirik xalkaro turnir bolib otdi — ozbekiston

Navoiy viloyatida k’o’l jangi bo’yicha yirik xalk’aro turnir bo’lib o’tdi — o’zbekiston

Bugungi kunda yurtimizda sportning k’o’l jangi turi tezkorlik bilan rivojlanib bormok’da.
Hamyurtlarimiz sportning mazkur turidagi eng nufuzli xalk’aro musobak’alarda muntazam ravishda ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni k’o’lga kiritishayotgani esa yoshlar orasida k’o’l jangining keng ommalashishiga sabab bo’lmok’da.
YAna shuni ta’kidlash kerak, k’o’l jangi bo’yicha xalk’aro turnirlarni mezbon sifatida k’abul k’ilish ham malakatimiz uchun an’ana tusiga kirib bormok’da. Ana shunday musobak’alardan biri, 11-mart kuni Navoiy viloyatida bo’lib o’tgan, buyuk davlat arbobi Amir Temur sharafiga bag’ishlangan turnir bo’ldi. Ushbu musobak’a Xalk’aro k’o’l jangi federasiyasi hamda O’zbekiston huk’uk’ni muhofaza k’ilish organlari k’o’l jangi federasiyasi hamkorligida o’tkazildi.
Mazkur turnir Xalk’aro k’o’l jangi federasiyasi shafeligida o’tayotgan “H2Hfight” chempionlar ligasi musobak’asining bir k’ismi sifatida o’tkazildi. Bugungi kunda ushbu ligada dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etishmok’da. Ishtirokchilarning aksariyati Osiyo, Evropa hamda Jahon chempionlari sanaladi. Eng e’tiborli tomoni, Navoiy viloyatida tashkil k’ilingan musobak’a davomida o’tkazilgan 5 ta jangning barchasida o’zbekistonlik sportchilar ishtirok etishdi. Shu jihatdan, mutaxassislar ushbu janglarga “O’zbekiston va Jahon terma jamoalari o’rtasidagi to’k’nashuv” deb ta’rif berdilar.
Dastlabki jang yarim o’rta vaznda Rossiya va Evropa chempioni – Rinat Bulikin hamda O’zbekistonning 3 karra chempioni Jamshid Begmatov o’rtasida kechdi. To’lik’ 3 raund davom etgan bellashuvda Jamshid Begmatovga biroz tajriba etishmadi va Rinat Bulikin hakamlar k’aroriga ko’ra g’olib deb topildi. Huddi shu vazndagi yana bir reyting jangida, buxorolik k’o’l jangi ustasi Jahongir Jumaev hamda rossiyalik Maksim Efremenko to’k’nash keldi. Shuni ta’kidlash kerak, Efremenko k’o’l jangi bo’yicha Jahon chempioni sanaladi. Jahongir Jumaev tomonidan berilgan zarbalar jang davomida nomdor rak’ibni bir necha bor muvozanatdan chik’arib yubordi. YAkunda hak’amlar bir ovozdan Jahongir Jumaevning g’alabasini k’ayd etishdi.
YAna bir jangda hamyurtimiz Bekzod Nurmatov, Moldova Respublikasi vakili Denis Tomuzni katta ustunlik bilan mag’lub etdi. Toshkentda mashg’ulot olib boruvchi Bekzod Nurmatov asosan oyok’ bilan turli usulda anik’ zarbalar yo’llash hisobiga rak’ibidan ustun keldi.
Keyingi jang og’ir vaznda bo’lib o’tdi. Ushbu bahsda kki karra O’zbekiston chempioni Ilyos Raimov moldovalik Aleksandr Lyaxga k’arshi kurash olib bordi. Jangning ikkinchi raundi davomida Ilyos Raimov k’o’l va oyok’ zarbalari bilan rak’ibni og’ir holatga tushirib k’o’ydi. Moldovalik sportchi jangni davom ettira olmasligini sezgan murabbiylar, kurashni to’xtatishga k’aror k’ilishdi. Texnik nokaut – O’zbekiston sportchisi g’olib chik’di.
K’o’l jangi bo’yicha “Amir Temur sharafiga” bag’ishlab tashkil k’ilingan ushbu xalk’aro turnirdagi so’ngi jang “H2Hfight” chempionlar ligasining yarim-o’rta vaznidagi chempionlik uchun bo’lib o’tdi. Unda hamyurtimiz Odil Sirojiddinov rossiyalik Nurmuhammed Beslanievga k’arshi jang olib bordi. Bahs davomida bir necha kuchli zarbalarni o’tkazib yuborgan Sirojiddinov jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi va chempionlik Rossiya vakilida k’oladigan bo’ldi.
Garchi chempionlik O’zbekiston vakiliga nasib etmagan bo’lsada hamyurtlarimiz 5 ta jangning 3 tasini o’z foydalariga yozib k’o’yib, “Jahon termasi” deb ta’riflangan jamoani umumiy hisobda mag’lub etishga muvaffak’ bo’ldilar.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.