Oltin kursidagi bilimdon yohud napoli bosh murabbiyi hakida — ozbekiston

Oltin kursidagi bilimdon yohud napoli bosh murabbiyi hakida — ozbekiston

«oltin kursi»dagi bilimdon yohud «napoli» bosh murabbiyi hak’ida — o’zbekiston

«Lasio»-«Napoli» o’yinining 25-dak’ik’asi. Jorjinodan to’pni k’abul k’ilib olgan Mertens k’arshisidagi rak’ibni aldab o’tib, chap k’anotdan oldinga intilayotgan Gamshikka «pas» berdi. U esa yanada ilgari borib, darvozabon k’arshisida turgan Kalexonga ajoyib uzatma yo’lladi. Ispaniyalik futbolchi birgina harakat bilan hisobni 0:1 shakliga keltirdi. Ikkinchi bo’limda 1 rak’ami 3ga o’zgardi…
Maurisio Sarri boshk’arayotgan «Napoli»ning o’yini mana shunday. Himoyadan hujumga tezkorlik bilan o’tish va k’isk’a «pas»larning o’ta anik’ligi. Deyarli «Barselona». Ammo «Yuventus» bilan o’ynagan emas, mukammal «Barselona». Darvok’e, ta’kidlab o’tish lozim, neapolliklarga k’arshi o’tgan ikki o’yin «Yuve» uchun ajoyib tayyorgarlik vazifasini o’tadi va shuning uchun ham Enrike shogirdlari turinliklar tomonidan yirik hisobda mag’lub etildi. «Lasio» bilan bo’lgan o’yinda Jorjino uzatmalarning anik’ligi bo’­yicha top-5 chempionatlarida rekord o’rnatdi — 151ta. «Napoli» esa to’pga egalik k’ilish bo’yicha «A» seriya­dagi har k’anday jamoadan yaxshirok’ ko’rsatkichga ega: o’rtacha 59 foiz.
«Biz jamoamizga hamjihatlik bag’ishlamok’chimiz», — dedi Sarri o’yindan keyingi matbuot anjumanida. Natijalar esa chakki emas: hozirgi «Napoli»ni faollik va pressing tufayli bir lahzada tanib olish mumkin. Jamoa mudom «birinchi rak’am» ostida o’ynayapti, mittigina Insine va Mertenslar esa oldingi chizik’da mo’’jizalar yaratishmok’da. Umuman olganda, belgiyalik futbolchi mavsum kashfiyoti darajasiga ko’tarildi. Bu o’rinda gap fak’at uning samaradorligida emas. Shunchaki, k’anot hujumchisi sifatida tanilgan Mertens Milikning jarohati tufayli markazga joylashtirildi-yu, nafak’at «aldamchi to’k’k’iz», balki to’lak’onli markaziy hujumchiga aylandi-k’oldi. Avvallari tengsiz bo’lgan Milik va Pavolettilar esa endi zaxirada o’tirishibdi. Ajoyib topilma!
Sarrining o’yin uslubi unchalik murakkabmas. Lekin eng muhimi, u
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.