Ot izini toy bosadi yohud zidanning orinbosarlari hakida — ozbekiston

Ot izini toy bosadi yohud zidanning o’rinbosarlari hak’ida — o’zbekiston
Shu paytgacha oilaviy sulolalar o’rtasida k’andaydir xalk’aro musobak’a yoki tanlov o’tkazilmagan. Lekin bundan buyog’iga shunday tadbirlar uyushtirilgan tak’dirda, biz hikoya k’ilmok’chi bo’lganimiz — Zidanlar oilasi g’olib chik’ishiga ishonchimiz komil. Zero, hozirda «Real»dek nomdor jamoaga ustozlik k’ilayotgan futbol afsonasining bir emas, nak’ to’rt nafar dilbandi aynan ota izidan borishga k’aror k’ilishgan. Tabiiyki, ular yosh bo’lganliklari bois, katta sahnaga ko’tarilib ulgurishmagan. Shu sababli sizlarni izbosar Zidanlar bilan tanishtirishni lozim topdik.
Enso Zidan Fernandes
Urugvaylik buyuk kasbdoshi — Enso Francheskoliga bo’lgan hurmatini Zayniddin Zidan o’zining to’ng’ich farzandiga uning ismini berish ork’ali izhor etdi. Enso hali 3 yoshga chik’ib ulgurmay «Yuventus» maktabida shug’ullana boshladi va 2000 yilgacha o’sha erda tahsil oldi. Keyinchalik Fransiya va Ispaniyadagi futbol maktablarida malaka oshirib, nihoyat «Real» tizimidan joy oldi. Mana, 13 yildirki, Enso Madridda futbol sirlarini o’rganish bilan mashg’ul. Zidanlar sulolasining to’ng’ich vakili professional faoliyatini 2014 yili «Real»ning uchinchi jamoasida boshladi.
Birok’ to’rtinchi divizionda ishtirok etadigan bu jamoalar bir yildan so’ng tark’atib yuborildi. Keyinchalik Enso otasi boshk’aruvidagi «Real Kastilya»ga o’tdi. Zayniddin farzandining o’z jamoasidagi faoliyatiga k’uyidagicha izoh bergandi: «Bu jamoaga o’tishi va muntazam maydonga tushishida mening alok’am yo’k’. U o’z mehnati evaziga talab darajasida to’p surmok’da. To’g’ri, bu men uchun oson emasdi, lekin unga barcha futbolchilarga bo’lganidek munosabatda bo’lish uchun astoydil harakat k’ilyapman. Uyda albatta, o’g’limga aylanadi. Uning o’zi ham shuni istaydi.
Ehtimol, unga nisbatan yanada talabchanrok’ bo’layotgandirman?! Uning hozirgidan ko’ra samaralirok’ o’ynay olishini yaxshi bilaman». Enso Fernandes ikki mamlakat — Fransiya hamda Ispaniya pasportiga ega. Vak’ti kelib k’aysi terma jamoa sharafini himoya k’ilish masalasi ko’tarilsa, tanlash huk’uk’i o’g’lining ixtiyorida. Hozirda Enso «Real Kastilya» safida uchinchi ligada to’p surmok’da.
Asosiy pozisiyalari — so’l k’anot va markaziy yarim himoya. Joriy mavsum 31 marta maydonga tushib, 5ta gol va shuncha samarali uzatmani amalga oshirdi. Mavsum arafasida futbolchini ijaraga olish uchun «Midlsbro» va Ispaniyaning bir k’ator klublari urinib ko’rishgandi. Lekin kelishuv amalga oshmay k’oldi. Maydondagi harakatlari va natijalaridan xulosa chik’aradigan bo’lsak, Ensodagi jizzakilik Zayniddinni eslatadi: mavsum davomida olingan 7ta sarik’ va bitta k’izil kartochka hujumkor yarim himoyachi uchun ko’plik k’iladi.
Aytgancha, buyuk afsonaning o’g’li ekanligi futbolchiga biroz xalak’it ham beradi. Uni shunchaki Enso Fernandes, deb chak’irishlarini yok’tiradi. 22 yoshli yarim himoyachi «Real»ning asosiy tarkibidagi debyutini 2016 yil 30 noyabrda Ispaniya kubogi doirasidagi «Kultural Leonesu» klubiga k’arshi bahsda nishonladi. Enso tanaffusdan keyin Isko o’rniga maydonga tushdi va 18 dak’ik’adan so’ng Mariano Dias tomonidan uzatilgan to’pni golga aylantirdi. «Santyago Bernabeu»dagi uchrashuv «K’irollik klubi»ning 4:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
Lyuka Zidan
Zizuning ikkinchi farzandi noma’lum sabablarga ko’ra darvozabonlikni tanladi. Uning «Kastilya»dagi faoliyati ham otasining davrida boshlandi. Lekin tarak’k’iyoti akasinikidek shiddatli emas. Darvozabon mezoniga nisbatan olganda, Lyuka unchalik bo’ydor emas (181 sm.). Murabbiylarning fikricha, oyok’lari bilan yaxshi o’ynaydi, to’pga chik’ishda ishonchli harakatlanadi. Mutasaddilarning 18 yoshli ik’tidor sohibidan umidlari katta. Lyuka xalk’aro arenalarda Fransiya sharafini himoya k’ilish niyatida. 2015 yili Bolgariya mezbonligida o’tgan (U-17) doirasidagi turnirda k’it’a chempionligiga erishgan. Ammo joriy mavsum
DAVOMI
Комментарии 0