Ozbekiston prezidenti rossiyaga hamdardlik bildirdi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti rossiyaga hamdardlik bildirdi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo’lladi. Bu hak’da Tashk’i ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar k’ildi.
«Baykalorti o’lkasida yo’lovchilar avtobusi yo’l-transport hodisasiga uchragani ok’ibatida ko’plab insonlarning halok bo’lgani va jarohat olgani hak’idagi xabarni chuk’ur k’ayg’u bilan k’abul k’ildim», — deyiladi maktubda.
Davlat rahbari k’urbon bo’lganlarning oila a’zolari va yak’inlariga samimiy ta’ziya va dalda so’zlarini etkazib k’o’yishni so’radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog’ayib ketishlarini tiladi.
Baykalorti o’lkasida avtobus ishtirokidagi YTHda 10 nafardan ziyod kishi halok bo’ldi. 40 kishiga yak’ini jarohatlandi, ular orasida uch nafar voyaga etmagan ham bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra haydovchi yo’lning murakkab k’ismida boshk’aruvning uddasidan chik’a olmagan va transport vositasi 25?30 m balandlikdan pastga k’ulab tushgan.
Комментарии 0