Ozbekiston tailand xulosasi babayanning bunday karorlarini kanday izohlash mumkin — ozbekiston

Ozbekiston  tailand xulosasi babayanning bunday karorlarini kanday izohlash mumkin — ozbekiston

O’zbekiston — tailand xulosasi: babayanning bunday k’arorlarini k’anday izohlash mumkin? — o’zbekiston

Tailandga k’arshi kechgan o’yin bizda bir k’ator savollar tug’dirdi. Garchi 2:0 hisobida g’alaba k’ozongan bo’lsak-da, o’yindan va Samvel Babayanning ayrim k’arorlaridan ko’nglimiz to’lgani yo’k’.
Tailandga k’arshi o’yin Eronga k’arshi match oldidan tayyorgarlik vazifasini o’tab berishi kerak edi, demak, bu o’yinda murabbiy forslarga k’arshi kimni tushirishi va k’anday taktikani k’o’llashini anik’lab olishi lozim edi, to’g’rimi? Xo’sh, unda deyarli hech narsani k’oyillata olmaydigan Stanislav Andreevga nima bor asosiy tarkibda? Axir Babayan unu Eronga k’arshi o’yinda asosiy tarkibda tushirmayapti-ku! Undan ko’ra birorta yosh va umidli himoyachilarni tushirsa bo’lmasmidi? Axir Stas deyarli zahirada o’tiradi, Tailanga k’arshi o’yin zaxirada o’tiraverib zerikkanlar uchun tashkil k’ilinmagan-ku!
Ikkinchi savol nega aynan shu o’yinda Babayan boshk’a darvozabonlarga imkon bermadi. Ehtimol, shunda zaxirada Lobanovdan ham kuchlirok’ darvozabonlar borligini anglab etarmidi? Vaholanki, Lobanov Tailandning k’anotdan uyushtirgan hujumlaridan birida xatoga yo’l k’o’ydi — to’pga tashlandi-yu, eta olmadi. Xayriyatki o’sha vaziyatda rak’iblar vaziyatlardan unumli foydalanishmadi.
Uchinchi savol, k’ani terma jamoaning o’yinidagi o’zgarish? Hamma narsa o’sha-o’sha-ku! Keskin hujumlar yo’k’, kutilmagan zarbalar yo’k’ (Sardor Rashidovning oxirgi dak’ik’alardagi golini inobatga olmaganda), noodatiy k’arorlar yo’k’. Nega markazdan shiddat bilan yorib kirilmayapti? Nega Tailanddek jamoaning darvozasiga tinimsiz hujumlar yomg’iri yog’dirilmayapti? K’ani terma jamoamizning avvalgi shiddati? Nahotki buni k’aytarish shunchalik k’iyin bo’lsa.
Davomi

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.