Ozbekiston va kirgiziston rahbarlari ozaro alokalar mustahkamlanishini tasdikladi — ozbekiston

Ozbekiston va kirgiziston rahbarlari ozaro alokalar mustahkamlanishini tasdikladi — ozbekiston

O’zbekiston va k’irg’iziston rahbarlari o’zaro alok’alar mustahkamlanishini tasdik’ladi — o’zbekiston

Samark’andda 24 dekabr kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va K’irg’iziston Prezidenti Almazbek Atamboev o’rtasida muzokara bo’lib o’tdi, deb xabar k’ildi O’zbekiston rahbari matbuot xizmati.
Prezidentlar siyosiy mulok’otni yanada rivojlantirish va ik’tisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni k’izik’tirgan mintak’aviy va xalk’aro ahamiyatga molik k’ator muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Tomonlar ekstremizm va diniy ak’idaparastlik mintak’a bark’arorligiga xavf solayotganiga e’tibor k’aratdi. Bunday xavf-xatarlarga k’arshi o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi k’ayd etildi.
Afg’onistondagi vaziyatni bark’arorlashtirish masalasini muhokama etish chog’ida ushbu jafokash zaminda tinchlik va osoyishtalikka erishish butun mintak’ada xavfsizlikni ta’minlash, istik’bolli transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirish, ik’tisodiyotni yanada tarak’k’iy ettirish uchun muhim omil hisoblanishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari yak’in k’o’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladilar.
Tomonlar O’zbekiston va K’irg’iziston tashk’i siyosat mahkamalari o’rtasida 2016-2017 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi yangi shakldagi siyosiy mulok’otni yo’lga k’o’yishga xizmat k’ilishiga ishonch bildirdi.
Ushbu masalalar muhokamasida 2016 yilning o’tgan davrida o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 23 foiz o’sganiga k’aramasdan, bu ko’rsatkich etarli darajada emasligi va ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlariga mos kelmasligi k’ayd etildi.
Prezidentlar ikki yil davomida tovarlar turini tubdan kengaytirish va o’zaro savdo hajmini 500 million dollargacha ko’paytirish choralarini ko’rish zarurligini ta’kidladilar.
Shavkat Mirziyoev buning uchun K’irg’izistonga O’zbekistonda ishlab chik’arilayotgan zamonaviy k’ishlok’ xo’jaligi texnikalari, engil va yuk avtomobillari, avtobuslarni tizimli asosda etkazib berish va ularga texnik xizmat ko’rsatishni yo’lga k’o’yish lozimligini ta’kidladi.
Bundan tashk’ari, k’irg’izistonlik sheriklarga azot, fosfor, kaliy va murakkab kompleks o’g’itlar, elektrotexnika mahsulotlari — transformatorlar, barcha turdagi kabel-o’tkazgich mahsulotlar, maishiy texnika, shuningdek, tayyor to’k’imachilik mahsulotlari, k’urilish materiallari, preparatlar, mebel, o’k’uv-laboratoriya jihozlari va boshk’a sanoat mahsulotlari etkazib berish taklif etildi.
K’irg’iziston tomoni, o’z navbatida, O’zbekistonga etkazib berilayotgan tovarlar turini k’ayta ko’rib chik’ishi ta’kidlandi. Shu mak’sadda ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri uzok’ muddatli hamkorlik o’rnatish zarurligi k’ayd etildi.
Mintak’ada samarali transport yo’llarini rivojlantirish ik’tisodiy hamkorlikning strategik yo’nalishi hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyoni K’irg’iziston hududi ork’ali Xitoy bilan bog’laydigan k’isk’a temir yo’l nafak’at mamlakatlarimiz, balki butun mintak’aning tranzit salohiyatini sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi. Shavkat Mirziyoev O’zbekiston mutaxassislari K’irg’iziston hududida bunday yo’nalishni loyihalashtirish va k’urishda ishtirok etishiga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atamboev muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosk’ichga ko’tarib, o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi sahifalarini ochishiga ishonch bildirdilar.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.