Ozbekiston va turkmaniston rahbarlari hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi — ozbekiston

Ozbekiston va turkmaniston rahbarlari hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi — ozbekiston

Ozbekiston va turkmaniston rahbarlari hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi — o’zbekiston

26 oktyabr kuni Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orkali mulokoti bolib otdi, xabar kildi OzA.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston mustakilligining 25 yillik shonli sanasi munosabati bilan chin kalbdan samimiy tabriklab, unga davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatiga yangi muvaffakiyatlar, dost turkman xalkiga farovonlik va bardavom tarakkiyot tiladi.
Oz navbatida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov samimiy kutlovlar uchun chukur minnatdorlik bildirib, kardosh Ozbekiston xalkiga tinchlik, osoyishtalik va ravnak tilagan istaklarini shaxsan izhor etdi.
Suhbat chogida tarixan kiska vakt ichida Turkmaniston keng kolamli sosial-iktisodiy islohotlar va ijtimoiy-siyosiy ozgarishlarning puxta oylangan strategiyasini amalga oshirgani tufayli iste’dodli va mehnatsevar turkman xalki farovonligini muttasil yuksaltirish, ma’naviy yangilanish, shuningdek, xalkaro maydonda mamlakat nufuzini oshirish borasida salmokli yutuk va marralarga erishgani ta’kidlandi.
Mulokot davomida Ozbekiston va Turkmaniston rahbarlari yakinda turli darajada otkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida siyosiy-diplomatik, savdo-iktisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshka sohalarda ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yonalishlari boyicha erishilgan kelishuvlar ijrosi kanday borayotgani xususida fikr almashdilar.
Davlat rahbarlari Ozbekiston bilan Turkmaniston dost xalklar farovonligi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlik va barkarorlikni ta’minlash yolida keng kolamli ozaro hamkorlikni hamda dolzarb xalkaro masalalar yuzasidan amaliy, ishonchli va ochik mulokotni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdilar.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.