Ozbekistondan rekordlar kitobiga kiritilganimdan faxrlanaman — oksana chusovitina — ozbekiston

O’zbekistondan rekordlar kitobiga kiritilganimdan faxrlanaman — oksana chusovitina — o’zbekiston

O’zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Olimpiya o’yinlarida eng ko’p ishtirok etgan sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu hak’da sportchi o’zining Instagram`dagi sahifasida xabar k’ildi.
Chusovitina 41 yosh va 56 kunligida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada-2016 o’yinlarida ishtirok etib, Olimpiya o’yinlarida ketma-ket etti marotaba k’atnashgan holda tarixdagi eng yoshi katta gimnastikachiga aylanganidan tashk’ari, rekord sohibasi ham bo’ldi.
«Men uchun bu yangi bosk’ich, hayotimdagi katta hodisa. Men O’zbekistondan Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilganimdan juda faxrdaman va baxtiyorman, — deya Oksana Chusovitina „Gazeta. uz“ bilan o’z taassurotlarini bo’lishdi. — Hozircha Olimpiada-2020 hak’ida o’ylayotganim yo’k’, ayni paytda barcha xayolim kelgusi yil Monrealda o’tadigan jahon chempionatiga k’aratilgan. Oldindan aytishim k’iyin, shuning uchun oldinga kichik k’adamlar bilan harakat k’ilaman, keyin esa nima bo’lishini ko’ramiz».
«O’zbekiston va butun dunyodagi barcha muxlislarimga ko’magi va ishonchi uchun minnatdorchilik bildirishni xohlar edim, aynan ular meni yangi marralar sari undadi va olg’a intilishga turtki berishdi», — deya k’o’shimcha k’ildi gimnastikachi.
Oksana Chusovitina gimnastika tarixida etti marotaba ketma-ket (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012 va 2016 yillarda) yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi ayol hisoblanadi. U uch karra jahon, Evropa va Osiyo o’yinlari chempioni, jahon birinchiliklarining to’rtta kumush, to’rt bronza medaliga ham sazovor bo’lgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.