Prezident soliq tizimini isloh qilish buyicha ekspert komissiyasini tashkil etdi — ozbekiston

Prezident soliq tizimini isloh qilish buyicha ekspert komissiyasini tashkil etdi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 iyuldagi farmoyishi bilan respublika soliq tizimini takomillashtirish buyicha doimiy faoliyat yurituvchi ekspert komissiyasini tashkil etdi.
Komissiya bir oyda eng kamida bir marta yigilish utkazib, soliq soliq sohasidagi khalqaro tajribalarni urganish va respublika soliq tizimini rivojlangan davlatlarda qabul qilingan, chet el investorlari uchun tushunarli bulgan va ularni Uzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga ragbatlantiruvchi soliq tizimlariga muvofiq tarzga keltirish buyicha takliflarni ishlab chiqishni belgilab oladi.
Shuningdek, soliq siyosatini amalga oshirishni monitoring qilish, mavjud kamchiliklar va zaif nuqtalarni aniqlash, soliq tizimini takomillashtirish buyicha aniq takliflarni ishlab chiqish, jumladan soliqlarni umumdavlat va mahalliyga taqsimlash, soddalashtirilgan soliq solish tartiblarini takomillashtirish, soliqlarning tadbirkorlik faoliyatini ragbatlantirish, energiya tejamkorligi, er va suv resurslari, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bulishdagi urnini oshirish ham muhim vazifalar qatorida sanab utildi.
Komissiya tadbirkorlik subektlari faoliyati samaradorligi, korkhonalarning moliyaviy barqarorligi, iqtisodiyotdagi uzaro hisob-kitoblar holati, debitorlik va kreditorlik qarzdorlik usishi kursatkichlariga soliq yuki tasirini urganish bilan shugullanadi.
U hududlarning soliq qobiliyatini aniqlash, barcha darajalardagi byudjet bazalari daromadlarini mustahkamlash, moliyaviy va soliq idoralari, mahalliy hokimiyat organlarining soliq solish bazalarini kengaytirish hamda yigilayotgan soliqlarni oshirishdagi manfaatlarini mustahkamlashda metodik masalalarni ishlab chiqadi.
Комментарии 0