Putin samarkandda islom karimov kabriga guldasta koydi video — ozbekiston

Putin samark’andda islom karimov k’abriga guldasta k’o’ydi (video) — o’zbekiston
Rossiya Federasiyasi rahbari Vladimir Putin 6 sentyabr kuni Samark’andga tashrif buyurdi, deya xabar k’ilmok’da RIA Novosti.
Shaharga etib kelgan Putin darhol 3 sentyabr kuni O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan k’abristonga yo’l oldi.
Rossiya rahbari respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan birgalikda Islom Karimovni xotirladi. Putin Karimov k’abri k’arshisida tizzalagan holda k’izil atirgullardan iborat guldastani k’o’ydi.
Shundan so’ng RF rahbari O’zbekiston Prezidentining Samark’anddagi k’arorgohiga yo’l oldi.
Putin marhumning oila a’zolariga ta’ziya izhor k’ilib, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti fotosurati poyiga gulchambar k’o’ydi. Rossiya Prezidentining Karimov yak’inlari bilan suhbati ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz davom etdi.
Video
Комментарии 0