Saylovning dastlabki yakunlari dushanba kuni elon kilinadi — ozbekiston

Saylovning dastlabki yakunlari dushanba kuni e’lon k’ilinadi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti saylovida Toshkent vak’ti bilan 20:00 ga k’adar 17 million 941 ming 955 nafar fuk’aro ovoz berishdaishtirok etdi. Bu ro’yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi, deya xabar k’ildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug’bek Abdusalomov 4 dekabr kuni bo’lib o’tgan yakuniy brifingda.
«Fuk’arolar saylovda yuksak siyosiy va fuk’arolik faolligini namoyish etdi», — dedi Mirzo Ulug’bek Abdusalomov. Uning so’zlariga ko’ra, ovoz berish jarayoni k’onunlar bilan mustahkamlab k’o’yilgan xalk’aro demokratik normalar va prinsiplarga rioya k’ilingan holda ochik’ va oshkora o’tkazildi. Joylardan saylov mobaynida saylov k’onunchiligi buzilganligi hak’ida axborotlar kelib tushmadi.
5 dekabr kunning ikkinchi yarmida saylovning dastlabki natijalari e’lon k’ilinadi. Prezident saylovi to’g’risidagi k’onunga muvofik’, saylovning yakuniy natijalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10 kundan kechikmagan muddat ichida matbuotda e’lon k’ilinishi lozim.
Markaziy saylov komissiyasining chik’ishi O’zbekiston televideniesi va MSK saytida to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatildi.
Комментарии 0