Seri — bu futbolchiga sarmoyani kizganmang — ozbekiston

Seri — bu futbolchiga sarmoyani kizganmang — ozbekiston

Seri — bu futbolchiga sarmoyani k’izg’anmang! — o’zbekiston

Shu kunlarda «Nissa» ofisi «Barselona», «Arsenal» va «PSJ» kabi grandlar tomonidan jo’natilgan kazo-kazolar bilan gavjum. Boisi, jamoaning Kot-d`ivuarlik yarim himoyachisi Jan-Mikael Seri yakunlangan mavsum shu k’adar effektli va samarali o’ynadiki, ko’pchilik beixtiyor unga alohida nazar solmok’da.
Transfer tarixi
«Nissa» 2 yilcha oldin ham mavsumni o’ta omadsiz yakunlagandi. O’sha vak’t bosh murabbiy vazifasini bajargan Klod Pyuel k’o’lidan kelganicha vaziyatni o’nglashga urindi, tirishdi. Birok’ moliyaviy imkoniyatlar cheklangani bois, u tarkibni o’zi istagandek, kuchaytirolmasdi. Deylik, murabbiy tanglik holatidan chik’ib ketish ilinjida o’z o’g’lini ham majburan maydonga tushirgan va bu klub muxlislariga aslo yok’magandi. K’isk’asi, Pyuel o’sha mavsum «burgutchalar» yordamida bir amallab, jamoani elitada olib k’olishga erishdi. YOzda esa hamma Hatem Ben Arfaning k’aytishini intik’lik bilan kutib turgan bir payt jamoaning 2015 yil davomidagi asosiy transferi amalga oshirildi. Gap Kot-d`Ivuar milliy jamoasining asosiy o’yinchilaridan biriga aylangan Jan-Mikael Seri hak’ida ketmok’da. O’shanda ixcham jussali yigitcha hech kimda ortik’cha taassurot k’oldirmagan, «Pasush de Ferreyra» (Portugaliya) klubi atigi 500 ming evro tufayli undan osongina voz kechib k’o’ya k’olgandi. Portugaliya klubi saviyasi mutaxassilarga ham, ko’plab muxlislarga ham yaxshi ma’lum. Serining tak’dimot marosimida ishtirok etgan klub vakillari turli e’tirozlarga munosib javob berishdi: «Xo’sh, deylik, bu yigitdan voz kechdik ham, 500 ming evroga yana kimni xarid k’ilishimiz mumkin?» K’arangki, matbuot va muxlislar tomonidan xushlamaygina k’abul k’ilingan Jan-Mikael hech narsaga parvo k’ilmay, «Nissa»dagi dastlabki o’yinlardanok’ bor e’tiborni o’ziga k’aratdi. Umuman, jamoa o’yini hayratlanarli tarzda o’zgardi, debyutant dadillik bilan etakchilikni o’z zimmasiga oldi. Natijada ko’pni ko’rgan tajribali muxlislar Serini o’yin uslubi bo’yicha tan olingan Xavi va Andres Inestaga k’iyoslay boshlashdi. Mana, vak’t o’tishi bilan bu o’xshatish nechog’li o’rinli ekanligi isbotlandi — «notanish» yarim himoyachi 2016|2017 yillar mavsumi yakuni bo’yicha Fransiya elit ligasining eng yaxshi futbolchisi mak’omiga da’vogar nomzodlar ro’yxatidan joy oldi. To’g’ri, yakunda sovrin Edinson Kavaniga nasib etdi. Shunga k’aramay, afrikalik legionerga munosib baho berish shart. Axir u fransuzlar chempionatiga Kavani kabi nomdor «Napoli»dan emas, balki kamtaringina «Pasush de Ferreyra» klubidan o’tgandi.
Umumiy ma’lumot, hozirgi holat
Hozir Serini «ovlash» mavsumi ochik’. K’it’aning eng etakchi chempionatlari nihoyasiga etgach, «Marsel», «Monako», «PSJ», «Arsenal» va «Barselona» kabi jamoalar skautlari munosib yarim himoyachi topish ishlarini boshlab yuborishdi. Ular xususan, Seriga befark’ k’arashmayapti. «Nissa» o’z navbatida, «ovchilar»ga k’arshilik ko’rsatish niyatida emas, chunki klub rahbariyati ivuarlik ik’tidor sohibini tarkibda olib k’olish oson emasligini yaxshi tushunib turibdi. Aslini olganda, «Nissa» prezidenti Jan-Per River vaziyatni birozgina bo’rttirib ko’rsatayotgandek. Chunonchi, «burgutchalar» so’nggi vak’tlar ishonchli parvoz k’ilishni ancha o’zlashtirib olishdi. Shunga muvofik’, klubning moliyaviy imkoniyatlari nisbatan yaxshilandi. K’o’shimchasiga, jamoa ChLga yo’l ochdiki, endi xalk’aro turnirdagi ishtirok uchun oladigan mukofot puli vositasida o’z etakchisini bemalol tarkibda sak’lab k’olishi mumkin. Ammo bunday kamtarin jamoalarning bitta transfer ork’ali kamida 25 mln. evro ishlash imkoniyatidan voz kechishi ham juda-juda k’iyin. Boz ustiga, «Nissa» Seriga o’xshagan xilma-xil tak’dir sohiblari uchun tramplin vazifasini o’taydigan klub sifatida tanilgan. Mana, birgina Serining o’zi jamoa g’aznasini 2015 yili sarflangan xarajatdan 50 baravar (!) ko’prok’ mablag’ bilan to’ldirishi mumkin. 2 yil davomida futbolchiga berilgan kamtarona ish hak’i va bosh-k’a sarflarni ayirib tashlash bilan tushumning salmog’i kamayib k’olmaydi. Xo’p, «Nissa» ko’zlayotgan foyda mik’doriku oz emas, ammo futbolchining mahorati shunga yarashami?
Maydonda k’anday yumushlarni bajaradi?
Jan-Mikael oxirgi mavsum markaziy yarim himoyachi pozisiyasida to’p surdi. Pyuel davrida esa klassik «8-rak’am» vazifasini ado etish bilan cheklanadigandek taassurot uyg’otgandi. Bunda asosan kombinasion o’yin tashkil etish va to’pni oldingi chizik’k’a etkazib berish masalasiga javob berardi. Lekin Pyuel o’rnini egallagan Lyusen Favr 4-4-2 sxemasidan voz kechib, yarim himoyachi zimmasiga tushadigan yumushlarni ham ancha o’zgartirdi. Misol uchun, «burgutchalar» oxirgi mavsum aksariyat bahslarda markazda 4 kishi bo’lib harakatlanishdi. Shu bois, Seri asosan rak’ib hujumlarini bartaraf etish bilan shug’ullandi. Zero, undagi tabiiy tezkorlik va chak’k’onlik nafak’at rak’iblardan to’pni tortib olish, balki ular tomon yo’llangan uzatmalar yo’lini kesib k’o’yish imkonini beradi. Serining yakkakurashlar chog’i samarali harakatlari statistikasi balki chinakam tayanch yarim himoyachilarinikiga nisbatan pastrok’dir, birok’ bu uning ork’a chizik’dagi ahamiyatini sira kamaytirmaydi. Ivuarlik yarim himoyachi Klod Pyuel davridayok’ standart vaziyatlardan foydalanish mas’uliyatini o’z zimmasiga olgandi. Deylik, Ben Arfadek mahorat sohibi ham jarima zarbalarini amalga oshirish bobida Seriga «salom» berib, yo’l bo’shatgan. Umuman olganda, Jan-Mikaelning asosiy ustunligi kombinasion o’yinda ko’zga tashlanadi. Albatta, yosh ik’tidor sohibining Xavi yoki Andres Inesta darajasidan hali ancha pastda ekanligi shubhadan xoli. Ammo uning maydondagi harakat yo’nalishi aynan shu mahorat sohiblarini eslatadi. Muhimi shuki, Serining o’yinni tushunish k’obiliyati, vaziyatlarga to’g’ri baho berish va to’pni anik’ uzatish mahorati evaziga «Nissa»ning uslubi batamom ijobiy tomonga o’zgardi. Jamoa rak’ib uslubidan kelib chik’ib, taktika tanlamaydi, balki uni o’z chizmasi bo’yicha harakatlanishga majbur etadi. Shuningdek, to’pga ko’prok’ egalik k’ilish ham «burgutchalar»ning asosiy k’urollariga aylanmok’da. E’tiborli jihati shundaki, Pyuel shogirdlaridan to’pni nazorat k’ilish masalasida yuk’ori foizga erishishni talab k’ilardi. Favr uchun esa har k’anday ko’rsatkichning sifat va samaradorligi muhimrok’ — futbol natija uchun o’ynaladi. Aynan shu masalada Seriga o’xshagan futbolchilar bebaho hisoblanishadi. Ular ochik’ hududlarni vak’tida ko’radilar va to’pni o’sha nuk’taga anik’ etkazib beradilar. Rak’amlar bilan ifoda etsak, Seri uzatmalar anik’ligi bo’yicha 90 foizli ko’rsatkichga ega. K’o’shimchasiga, Jan-Mikael vaziyat tak’ozosiga ko’ra, darvozaga zarba yo’llashni ham joyiga k’o’yadi.
Seri mo’may daromad manbasimi?
To’g’ri va o’rinli savol. Shubha yo’k’, «Nissa» ivuarlik legioner transferidan katta manfaat ko’radi. Anik’rok’ aytsak, jamoaning bu boradagi ulushi 25 mln. evrodan ko’p bo’ladi. Bir k’arashda, Fransiya chempionatida k’ayd etgan statistikasi (6ta gol va 9ta samarali uzatma) yuk’ori narxga mos emasdek. Masalan, «Marsel» vakili Florian Tovenning ko’rsatkichlari bir muncha yuk’ori va u hak’li ravishda grandlar o’rtasida talash bo’lmok’da. Seriga nisbatan k’izik’ish darajasini oshiradigan jihatlar ham yo’k’ emas. Keling, k’ahramonimizning samarali harakatlari tahlili bilan tanishib chik’aylik: ivuarlik o’yinchining 6ta golidan 2tasi g’alaba va 1tasi durang natijani ta’minladi. Ha, bu ham o’ta hayratlanarli natija emas, albatta. Mayli, endi samarali uzatmalari effektini ko’rib chik’aylik: 1ta «pas»idan so’ng o’yinda hisobni ochuvchi gol urilgan bo’lsa, yana 2tasida «Nissa» vakillari rak’ib darvozasini nishonga olib, durangga erishganlar. Shuningdek, yana 6ta samarali uzatmasidan so’ng jamoasi g’alaba golini nishonlagan. Demak, arifmetik hisob-kitoblarga ko’ra, mavsum davomida jamg’arilgan 78 ochkoning 24tasi bevosita Seri ishtirokida k’o’lga kiritilgan. Boshk’acha aytganda, bu ko’rsatkich 31 foizni tashkil etadi. Agar k’ishda Serining asosiy hamkori — Uilan Siprien jarohatlanmaganida, balki natijaning salmog’i yanada osharmidi? Zero, shu yo’k’otishdan so’ng Seri tez-tez tayanch yarim himoyachisi chizig’iga k’aytib to’p surishga majbur bo’ldi.
Xulosa k’ilsak, Seri o’rtamiyona jamoa tarkibida shunday ko’rsatkichlarga erishdi. Endi bir tasavvur k’iling, Jan-Mikael yuzaga keltirgan k’ulay vaziyatlardan Alassan Plea va Mario Balotelli emas, Edinson Kavani va Radamel Falkao yoki samarali MSN (Lionel Messi — Luis Suares — Neymar) uchligi foydalanganida, k’anday natijalar k’ayd etilardi?
Serining nomdor jamoaga moslashish ehtimoli
O’ta yuk’ori. Chunki u anchayin kamtarin jamoa — «Pasush»dan «Nissa»ga o’tib, k’isk’a vak’t ichida etakchiga aylana oldi. Jamoalar saviyasi va nufuzidan kelib chik’sak, futbolchining bir necha baravar oshgan bosim ostida to’p surgani oydinlashadi. Shu jiddiy o’zgarishga dosh bergan Seri nega endi top-klublar talabini k’ondirolmasligi kerak? YAna unutmaslik lozim, Jan-Mikael — Kot-d~Ivuar terma jamoasi a’zosi. Uning tarkibidagi bellashuvlar doimo klubdagidan ko’ra, ko’prok’ e’tibor tortadi. Chunonchi, afrikalik muxlislar juda faollar. Bu jihat ham yarim himoyachining har k’anday bosimga k’arshi ma’lum ko’nikma hosil k’ilganidan dalolat. K’olaversa, G’arbiy Afrikadagi mutaxassislar talabchanlik borasida evropaliklardan kam emaslar. Shunday ekan, top-klublar Seriga ikkilanmay «sovchi» jo’natishi mumkin.
Arifmetik hisob-kitoblarga ko’ra, mavsum davomida jamg’arilgan 78 ochkoning 24tasi bevosita Seri ishtirokida k’o’lga kiritilgan. Boshk’acha aytgandan, bu ko’rsatkich 31 foizni tashkil etadi. Agar k’ishda Serining asosiy hamkori — Uilan Siprien jarohatlanmaganida, balki natijaning salmog’i yanada osharmidi? Zero, shu yo’k’otishdan so’ng Seri tez-tez tayanch yarim himoyachisi chizig’iga k’aytib to’p surishga majbur bo’ldi.
Ma’lumot uchun
Jan-Mikael Seri
Tug’ilgan sanasi va manzili: 1991 yil 19 iyul (25 yosh), Grand-Byuryubu (Kot-d~Ivuar)
Fuk’aroligi: Kot-d~Ivuar
Bo’yi: 168 sm. Vazni:70 kg.
Pozisiya bo’yicha: yarim himoyachi
Klubi: «Nissa» (Fransiya)
O’yinchilik rak’ami: 6
Professional faoliyati: «ASEK Mimozas» (Kot-d~Ivuar) — 2010-2012 (16ta o’yin, 1ta gol); «Portu-V» (Portugaliya) — 2012-2013 (19ta o’yin, 1ta gol); «Pasush de Ferreyra» (Portugaliya) — 2013-2015 (54ta o’yin, 2ta gol); «Nissa» (Fransiya) — 2015-… (71ta o’yin, 9ta gol)
Kot-d~Ivuar terma jamoasida 2014 yildan buyon 12 marta maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.