Shavkat mirziyoev gurbanguli berdimuhamedovni tugilgan kuni bilan tabrikladi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev gurbanguli berdimuhamedovni tugilgan kuni bilan tabrikladi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb khabar qildi UzA.
Davlat rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini 60 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Uzbekistonda Turkmaniston Prezidentini jahon miqyosidagi buyuk davlat va siyosat arbobi, katta hayotiy tajribaga ega, umrini uz mamlakati farovonligi va ravnaqiga sadoqat bilan khizmat qilishga bagishlagan fidoyi rahbar sifatida yakhshi bilishi takidlandi.
Davlat rahbarlari shu yilning mart va may oylarida Turkmanistonda utgan oliy darajadagi uchrashuvlar chogida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Barcha darajadagi aloqalar faollashib, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qushma loyihalar samarali amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezidentlar strategik sheriklikning yuksak darajasiga erishish imkonini bergan yaqin va samarali uzaro hamkorlik buyicha tuplangan tajriba ikki tomonlama aloqalarning mavjud ulkan salohiyatini ruyobga chiqarish uchun mustahkam asos bulib khizmat qilayotganini takidladilar.
Tomonlar mintaqaviy va khalqaro siyosatning uzlarini qiziqtirgan dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Muloqot sungida Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni yubileyi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, bakht-saodat, davlat rahbaridek masuliyatli faoliyatida yangi-yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston khalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Комментарии 0