Sherzod hakimov galabalar vakti keldi — ozbekiston

Sherzod hakimov: g’alabalar vak’ti keldi — o’zbekiston
“Neftchi” jamoasining O’zbekiston Kubogida muvaffak’iyatli odimlashida jamoa sardori Sherzod Hakimov tomonidan kiritilgan gollar muhim ahamiyat kasb etmok’da. Aynan “Navbahor” to’sig’idan o’tish jarayonida Sherzodning Farg’ona va Namanganda urgan gollari ikki o’yin natijasiga ko’ra chorak final chiptasini “Neftchi”ga tak’dim etdi. Ayni paytda “Dinamo” jamoasiga k’arshi bellashuvga hozirlik ko’rayotgan Sherzod Hakimov “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berib o’tdi.
«Jamoamiz yangi bosh murabbiy Vadim Abramov k’o’l ostida keyingi o’yinga jiddiy hozirlik ko’rmok’da. Vadim Karlenovichni k’anday saviyadagi murabbiy ekanligini barcha yaxshi biladi. Ushbu mutaxassis bilan yuk’ori natijalar sari olg’a bormok’chimiz. Bu borada muxlislarning daldasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kubok doirasida keyingi bosk’ichga chik’dik va bu boradagi imkoniyatlarimiz yomon emas. Nasib k’ilsa, nafak’at chempionat, balki kubok o’yinlarida ham yaxshi natijalar k’ayd etishni niyat k’ilganmiz. Men har bir o’yinda rak’ib darvozasini ishg’ol etish uchun maydonga chik’aman. Bu — mening vazifam. “Dinamo”ga k’arshi o’yin yak’inlashmok’da. Ushbu rak’obatda bizni fak’at muvaffak’iyat k’onik’tiradi. Bu ork’ali “Neftchi”ning jonkuyar muxlislarini xursand etishni istaymiz. G’alabalar vak’ti keldi», – dedi Hakimov.
Комментарии 0