Suriyadan chechenistonga olib chiqilgan ayollar va bolalar orasida uzbekistonliklar bor — ozbekiston

Suriyadan chechenistonga olib chiqilgan ayollar va bolalar orasida uzbekistonliklar bor — o’zbekiston
Suriyaning Qamishli shahridan Chechenistonga olib chiqilayotgan ayollar Checheniston prezidenti vakili Ziyod Sabsabi bilan. 12 noyabr 2017 yil, Suriya.
Makhsus uchoq bilan Suriyadan Checheniston poytakhti Grozniyga 13 noyabr kuni kechqurun olib kelingan 40 kishining 2 nafari Uzbekiston vatandoshidir.
9 noyabrda Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov uzining Instagram sahifasida “Suriyadagi lagerlarda yashayotgan 44 ayol va bolaning shakhsi aniqlandi. Ulardan 9 bola va 2 ayol Uzbekiston va Qozogiston vatandoshlaridir. Ular tez orada Chechenistonga olib chiqiladi”, deb yozgan edi.
Novosti agentligining 13 noyabrda khabar berishicha, dushanba kuni Grozniyga makhsus uchoq bilan Suriyadan 12 ayol va 29 bola olib kelindi. Ularning 5 nafari Qozogiston, 2 nafari Uzbekiston, qolganlari esa chechenistonlik, ingushetiyalik, dogistonlik va boshqirdistonlik Rossiya vatandoshlaridir. Khabarda aytilishicha, ularning kupchiligida sil kasalligi aniqlangan.
Checheniston prezidentining Yaqin sharq va Shimoliy Afrika buyicha makhsus vakili Ziyod Sabsabining aytishicha, Grozniyga olib kelingan ayollar va bolalar Suriyaning turli mintaqalaridan yigilgan.
“Bu odamlar “Islom davlati” guruhi nazorati ostida bulgan hududlardan qochib chiqqan. Ularning orasida 2 oylikdan 14 yoshgacha bulgan bolalar bor”, dedi Sabsabi.
21 oktyabr kuni ham Suriyaning Khmeymim mintaqasidan Grozniyga 7 ayol va 14 bola olib kelingan edi.
Checheniston hukumati saytida bildirilishicha, joriy yil avgustidan to shu kungacha Yaqin Sharqdagi olovli nuqtalardanrossiyalik 90 ayol va bola olib chiqilgan.
Комментарии 0