Surxon va andijon futbolchilari janjallashdi — ozbekiston

Surxon va andijon futbolchilari janjallashdi — o’zbekiston
«Surxon» (Termiz) va «Andijon» (Andijon) professional klublarining sakkiz nafar o’yinchisi O’zbekiston birinchi ligasi 13-turi uchrashuvi jarayonidagi tajovuzkor harakatlari uchun k’izil kartochka olishdi, deb xabar k’ildi Professional futbol ligasi (PFL) matbuot xizmati.
4 iyun kuni Termizda bo’lib o’tgan va 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning to’rtinchi dak’ik’asida mushtlashuv sodir bo’ldi. Har ikki klubning to’rt nafardan futbolchisi va «Surxon» shifokori maydondan chetlatildi.
O’zbekiston havaskor va yarim professional futbol klublari o’rtasida futbol bo’yicha musobak’alar reglamentini buzgani uchun «Surxon» va «Andijon» jarimaga tortildi.
Hodisa takrorlangan tak’dirda yanada k’at’iy choralar ko’riladi, jamoalarning rahbarlik va murabbiylik shtabi lavozimlarini egallab turganlarga nisbatan tegishli savollar k’o’yildi.
«Surxon» tarkibida Timur Mamadaliev (9 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima), Sanjar Shomurodov (mavsum oxiriga k’adar diskvalifikasiya va jarima), Najmiddin Normurodov (5 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima), Akmal Abdurahmonov (2 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima) va klub shifokori Fahriddin Abdusamatovga (O’FF va PFL shafeligi ostidagi musobak’alarga kiritmaslik shartidan bilan lavozimidan ozod k’ilish) nisbatan tajovuzkor xatti-harakati uchun sanksiyalark’o’llanildi.
«Andijon» tarkibida esa Ibrohim Otaxonov (4 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima), Farhod Bekmurodov (3 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima), Sanjar Ask’araliev (4 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima) hamda Akbar Xo’jaevga (2 uchrashuvga diskvalifikasiya va jarima) jazo choralari k’o’llanildi.
Video
Комментарии 0