Talabalar gardanidagi yigim-terimlarning okhiri bormi uzi — ozbekiston

Talabalar gardanidagi “yigim-terim”larning okhiri bormi uzi? — o’zbekiston
Sarlavhani uqigan talaba maqolada qanday mavzuga taalluqli muammo nazarda tutilganini bir qarashdayoq tushungani aniq…
Bugun mamlakat Prezidenti talim tizimini rivojlantirish borasida jon kuydirayotgan bir vaqtda Oliy uquv yurtlaridagi talabalar urtasidagi har khil “yigim-terim”lar avj olmoqda. Tugri, bunday “yig-yiglar” nafaqat oliy talimda, balki khalq talimi muassasalari, hatto maktabgacha talim muassasalarida ham kuplab uchrashi hech kimga sir emas. Eng qizigi, bu kabi holatlar bugun yoki kecha paydo bulib qolgani yuq. Biroq bu “anana”ni yana qancha davom ettirish mumkin?
Malumki, har bir universitet va institut talabalari uchun olgan baholariga qarab stipendiya belgilanadi. Jumladan, “3” bahoga uqiydigan talabalar 270 ming, “4” baho oluvchilar 380 ming , “5” baho oluvchilar 505 ming sumlik stipendiya oladi.
Bu stipendiya ularning yul va tushlik kharajatlari uchun sarf etiladi, odatda. Deylik, talabaning yul kharajatiga bir oyda 32 000 (avtobus va bitta transport vositasidan foydalangan holatda), tushlik kharajatlari esa urtacha 200 ming sum ketadi. Demak, “3” bahoga uquvchi talabalar stipendiya rejasini yul va tushlik kharajatlari bilan bajarishar ekan-da. Shunday ekan, yil davomidagi turli “yigim”lar ular uchun ortiqchaligi ayon. Nafaqat ular uchun, balki “4” va “5” bahoga uqiydiganlar uchun ham ortiqcha kharajatlarning keragi yuq. Ayniqsa, ular shartnoma asosida uqisalar…
Kharajatlar haqida gap ochdikmi, demak, ularga tukhtalib utishimiz zarur. Bizga oliy talim muassasalaridan birida tahsil olayotgan talabalardan birining murojaat qilishicha, har oy khonaning tozaligi uchun har bir guruhdan urtacha 50 ming sum yigilar ekan. Bundan tashqari, kurs khonasini tamirlash, bezash va boshqa maqsadlarda yana urtacha 30–50 mingdan, turli tadbirlar uchun yana 20–30 mingdan tulanadi.
Bu hali holvasi…
Har oraliq nazoratlarda, ayniqsa, sessiyalarda ayrim uqituvchilar tomonidan “majburiy-ikhtiyoriy” sotilayotgan kitoblar, uquv qullanmalarni ham hisobga kiritish lozim.
Birinchidan, tozalik khodimlari, khonani tamirlash va turli tadbirlar uchun oliy talim muassasasi tomonidan pul ajratiladi-ku?!
Hisobotda bor (amalda esa talabalar gardaniga yuklanadigan) mablaglar qaerda?
Nega shunday bulsa ham talabalardan qushimcha pul yigilmoqda?
Ikkinchidan, uqituvchilar tomonidan uzlari chop etgan kitoblarning zurma-zuraki sotilishi qanchalik tugri?
Albatta, kitobning ortiqchasi bulmaydi. Biroq shundoq ham kutubkhonalardan urin olgan darsliklar va asosiysi, tarjima bulgan kitoblarni sotib olish qanchalik zarur? Buning urniga talabalar uzlari istagan kitobni kharid qilishlari tugri emasmi?
Eng yomoni, bu talabalarning bahosiga tasir qiladi. Yani kitob sotib olganlar bilimi qandayligidan qatiy nazar alo baho olishlari, sotib olmaganlar esa, aksincha, qoniqarli bahoni bagirlariga bosi-i-i-b yurishadi. Bunday adolatsizlikka tezroq chek quyish kerak!
Tugri, uqituvchining bahosi 2–3 karra oshirilib sotilayotgan kitobini sotib olayotgan talabalarning aksariyati uzining asosiy vazifasi — talim olishni khushlamaydi. Ularning kupchiligiga dars tayyorlashdan kura “kutubkhonasini boyitish” afzalroq. Biroq sidqidildan uqiyotganlarga qiyin! Ularning kupchiligi “oshib-toshib ketgan” oilalardan emas…
Bu kabi yigimlar talabalarni uqishdan chalgitib, pul topishga undashi turgan gap. YOki eng katta jabrni yana ota-onalar kuradi.
Akhir, uqish sarf-kharajatdan iborat bulishi kerak, degani emas-ku. Nahotki, yuqoridagi sabablar tufayli kupchilik ota-ona va talabalarda shunday taassurot uygonishiga quyib bersak.
Комментарии 0