Tijorat siri tugrisida — ozbekiston

Tijorat siri tugrisida — ozbekiston

Tijorat siri tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda maqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Tijorat siri tugrisidagi qonun hujjatlari
Tijorat siri tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining tijorat siri tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:
tijorat siri — uchinchi shakhslarga nomalumligi sababli fan-tekhnika, tekhnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bulgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan akhborot bulib, ushbu akhborot mulkdori uning makhfiyligini muhofaza qilish buyicha chora-tadbirlarni kuradi;
Shuningdek qarang: Uzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi.
tijorat sirining makhfiyligi — tijorat sirining tarqalib ketishi, oshkor etilishi va undan rukhsatsiz foydalanilishi khavfsizligi taminlanganligi holati;
tijorat sirining mulkdori — tijorat siriga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishni amalga oshiruvchi va unga nisbatan tijorat siri rejimini urnatgan yuridik yoki jismoniy shakhs;
konfident — tijorat sirini uning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy shakhs;
tijorat sirini oshkor etish — tijorat sirini tashkil etuvchi akhborotning uchinchi shakhslarga bunday akhborot mulkdorining yoki konfidentning roziligisiz yokhud mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaga khilof ravishda, mumkin bulgan har qanday shaklda (ogzaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan tekhnika vositalaridan foydalangan holda) malum bulib qolishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik;
tijorat siri rejimi — tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, tekhnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi.
4-modda. Tijorat siriga doir talablar
Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq bulishi kerak:
uchinchi shakhslarga nomalumligi sababli uz mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bulishi;
qonun hujjatlariga muvofiq hammaga malum yoki hamma uchun ochiq bulmasligi;
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 2 oktyabrdagi 11-sonli «Fuqarolik ishlarini kurishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qullashning ayrim masalalari tugrisida»gi qarorning 4-bandi.
uning makhfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan taminlangan bulishi;
Qarang: ushbu Qonunning 10-moddasi.
davlat sirlari va qonun bilan quriqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bulmasligi.
Khususan, qarang: Uzbekiston Respublikasi «Davlat sirlarini saqlash tugrisida»gi Qonunining 1-moddasi, Uzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786, 933-moddalari, Uzbekiston Respublikasi «Bank siri tugrisida»gi Qonunining 3-moddasi, Uzbekiston Respublikasi «Sugurta faoliyati tugrisida»gi Qonunining 26-moddasi.
Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanadi.
5-modda. Tijorat sirini tashkil etishi mumkin bulmagan malumotlar
Quyidagi malumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas:
davlat ruykhatidan utkazilishi lozim bulgan mol-mulkka doir huquqlar va bu huquqlar buyicha bitimlar tugrisidagi;
yuridik shakhsning tasis hujjatlaridagi, yuridik shakhslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shakhs tashkil etmagan dehqon khujaliklari haqidagi yozuvlar tegishli davlat reestrlariga kiritilganligi faktini tasdiqlaydigan hujjatlardagi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlardagi;
davlat unitar korkhonasining, davlat muassasasining mol-mulki tarkibi tugrisidagi va ular tomonidan tegishli byudjet mablaglaridan foydalanilishi haqidagi;
atrof muhitning ifloslanishi, yongin khavfsizligining holati, sanitariya-epidemiologik va radiasiyaviy vaziyat, oziq-ovqat mahsulotlari khavfsizligi hamda ishlab chiqarish obektlarining khavfsiz faoliyat kursatishini, har bir fuqaroning va butun aholining khavfsizligini taminlashga salbiy tasir kursatuvchi boshqa omillar haqidagi;
khodimlarning soni va tarkibi, mehnatga haq tulash tizimi va mehnat sharoitlari tugrisidagi, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari kursatkichlari, shuningdek bush ish urinlari bor-yuqligi haqidagi;
ish beruvchilarning ish haqi tulash va ijtimoiy tulovlar buyicha qarzdorligi tugrisidagi;
qonun hujjatlari buzilishlari va bunday buzilishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish faktlari tugrisidagi;
davlat mulki obektlarini khususiylashtirish buyicha tanlovlarning yoki kimoshdi savdolarining shartlari haqidagi;
notijorat tashkilotlar daromadlarining miqdorlari va tuzilishi, ushbu tashkilotlarning mol-mulki miqdorlari va tarkibi haqidagi, ularning kharajatlari, bu tashkilotlar khodimlarining (azolarining) soni va mehnatiga haq tulash, notijorat tashkilotning faoliyatida fuqarolarning tekin mehnatidan foydalanilishi tugrisidagi;
yuridik shakhs nomidan ishonchnomasiz ish yuritish huquqiga ega bulgan shakhslarning ruykhati haqidagi;
davlat statistika hisoboti sifatida taqdim etilishi lozim bulgan malumotlar.
Shuningdek, qarang: Uzbeksiton Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1095-moddasining uchinchi qismi..
Oshkor etilishi shartligi yoki foydalanishni cheklashga yul quyilmasligi boshqa qonunda belgilangan malumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas.
Masalan, qarang: Uzbekiston Respublikasi «Akhborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tugrisida»gi Qonunining 6-moddasi, Uzbekiston Respublikasi «Akhborot olish kafolatlari va erkinligi tugrisida»gi Qonunining 7-moddasi, Uzbekiston Respublikasi «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tugrisida»gi Qonuni 18-moddasining ikkinchi qismi, Uzbekiston Respublikasi «Qimmatli qogozlar bozori tugrisida»gi Qonunining 6-bobi («Qimmatli qogozlar bozorida akhborotni oshkor qilish»).
6-modda. Tijorat siri mulkdorining huquqlari
Tijorat siri mulkdorining huquqlari mulkdor tomonidan akhborotga nisbatan tijorat siri rejimi urnatilgan paytdan etiboran vujudga keladi.
Tijorat sirining mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
tijorat siri rejimini yozma shaklda belgilash, uzgartirish va bekor qilish;
tijorat siridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilash;
mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishga ijozat berish yoki ijozat berishni taqiqlash;
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi.
tijorat siridan uz ehtiyojlari uchun foydalanish;
tijorat sirini uning makhfiyligini muhofaza qilish tugrisidagi shartlar kiritilishini nazarda tutadigan shartnomalar asosida fuqarolik muomalasiga kiritish;
tasodifan va (yoki) yanglishib amalga oshirilgan harakatlar natijasida tijorat sirini qulga kiritgan shakhslardan uning makhfiyligi muhofaza qilinishini talab qilish;
tijorat siri uchinchi shakhslar tomonidan oshkor etilgan, qonunga khilof ravishda olingan yoki undan qonunga khilof ravishda foydalanilgan hollarda uz huquqlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilish, shu jumladan uz huquqlari buzilishi natijasida etkazilgan zararning urni qoplanishini talab qilish.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi II bulimning 2-kichik bulimi («Davo ishlarini yuritish»), Uzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1096-moddasi.
Tijorat sirining mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
7-modda. Tijorat sirini muhofaza qilish muddati
Tijorat sirini muhofaza qilish tijorat sirining makhfiyligi yuqoladigan paytga qadar uning mulkdori va (yoki) konfident tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, qarang:Uzbeksiton Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1095-moddasining turtinchi qismi.
8-modda. Tijorat siri rejimini urnatish
Tijorat siri rejimi tijorat sirining mulkdori tomonidan urnatiladi. Tijorat siri rejimini urnatish shartnoma asosida konfident zimmasiga ham yuklatilishi mumkin.
Tijorat sirining mulkdori «tijorat siri» grifini quyish va olib tashlashni, tijorat sirini qulga kiritish, undan foydalanish va uni oshkor etish shartlarini, muhofaza qilish usullarini, tijorat sirini topshirish vositalarini tanlashni mustaqil ravishda belgilaydi.
Tijorat siri rejimi tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kurilganidan keyin urnatilgan deb hisoblanadi.
Tijorat siri rejimidan mamlakat konstitusiyaviy tuzumi asoslarini himoya qilish, davlat mudofaasi va khavfsizligini, fuqarolarning akhloqini, sogligini, boshqa shakhslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlash talablariga zid maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Makhfiylik haqidagi qoidalarni fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kiritish tijorat siri rejimini urnatishning zaruriy shartidir.
Qushimcha malumot uchun qarang: «Khodimlari tijorat siridan foydalanadigan korkhonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi buyicha» namunaviy nizom (ruykhat raqami 2818, 28.07.2016 y.).
9-modda. Tijorat siri rejimini uzgartirish yoki bekor qilish
Tijorat sirining mulkdori, konfident uzlari tuzgan shartnomalarda qabul qilingan majburiyatlarni buzmagan holda tijorat siri rejimini uzgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega. Tijorat siri rejimi uzgartirilganda yoki bekor qilinganda tijorat sirining mulkdori bu haqda konfidentni shartnomada nazarda tutilgan muddatda yozma shaklda khabardor qilishi shart.
10-modda. Tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirlari
Tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilarni uz ichiga olishi kerak:
tijorat sirini tashkil etuvchi malumotlarning ruykhati va hajmini belgilash;
tijorat siri bilan muomalada bulish tartibini belgilash va bunday tartibga rioya etilishi ustidan nazorat urnatish;
tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan shakhslarni hisobga olish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga yoki tijorat sirini uz ichiga olgan hujjatlarning rekvizitlari tarkibiga uning mulkdorini kursatgan holda «tijorat siri» grifini quyish.
Tijorat sirining mulkdori, konfident tijorat sirini muhofaza qilish buyicha qonun hujjatlariga zid bulmagan boshqa chora-tadbirlarni ham qullashga haqli.
Tijorat sirini muhofaza qilish buyicha chora-tadbirlarni tashkil etish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish tijorat sirining mulkdori va (yoki) konfident zimmasiga yuklatiladi.
Qushimcha malumot uchun qarang: «Khodimlari tijorat siridan foydalanadigan korkhonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi buyicha» namunaviy nizom (ruykhat raqami 2818, 28.07.2016 y.).
11-modda. Tijorat sirini mehnat munosabatlari jarayonida muhofaza qilish
Tijorat sirining muhofaza qilinishini taminlash maqsadida ish beruvchi (tijorat sirining mulkdori, konfident):
uz mehnat vazifalarini bajarish uchun tijorat siridan foydalanishi zarur bulgan khodimni tijorat sirini tashkil etuvchi malumotlar ruykhati bilan tilkhat olgan holda tanishtirishi;
khodimni ish beruvchi tomonidan urnatilgan tijorat siri rejimi va uni buzganlik uchun javobgarlik choralari bilan tilkhat olgan holda tanishtirishi;
ish beruvchi tomonidan urnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi uchun khodimga zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Khodimning tijorat siridan foydalanishi, agar bu uning mehnat vazifalarida nazarda tutilmagan bulsa, uzining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tijorat sirining muhofaza qilinishini taminlash maqsadida khodim:
ish beruvchi tomonidan urnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shakhsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda uz foydalanishida bulgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yuq qilib yokhud uchirib tashlashi shart.
Tijorat sirining muhofaza qilinishini taminlash maqsadida mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
khodimning va tijorat siri mulkdori yoki konfident bulgan ish beruvchining tijorat siri muhofaza qilinishini taminlash buyicha majburiyatlari;
mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingandan keyin sobiq khodim tijorat sirini oshkor etmasligi shart bulgan muddat.
Khodim mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi munosabati bilan foydalanishga ijozat olgan tijorat siriga qonunga khilof ravishda tijorat siri rejimi urnatilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi II bulimning 2-kichik bulimi («Davo ishlarini yuritish»).
12-modda. Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asoslar
Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos buladi:
mehnat shartnomasining (kontraktning) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning bekor qilinishi;
tijorat sirini oshkor etmaslik buyicha olingan majburiyatlarning buzilishi.
Qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq boshqa holatlar ham mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asos bulishi mumkin.
Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishning bekor qilinishi khodimni tijorat sirini oshkor etmaslik buyicha uz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.
13-modda. Khujalik yurituvchi subektlarning uzaro munosabatlarida tijorat sirining muhofaza qilinishi
Khujalik yurituvchi subektlar tomonidan savdo-iqtisodiy, fan-tekhnika, valyuta-moliyaviy va boshqa munosabatlar amalga oshirilayotganda kelishuvchi taraflar tijorat sirini tashkil etuvchi malumotlarning tavsifini va ruykhatini, shuningdek uning muhofaza qilinishini taminlash buyicha uzaro majburiyatlarni alohida shartlashib oladi.
14-modda. Tijorat siri uning mulkdori tomonidan konfidentga topshirilganda tijorat sirini muhofaza qilish
Tijorat sirining mulkdori shartnomaga muvofiq uzi tomonidan konfidentga topshirilgan tijorat sirini oshkor etmasligi shart.
Konfident uzi shartnoma buyicha olgan tijorat sirining makhfiyligini saqlashi shart.
15-modda. Tijorat sirini taqdim etish
Agar tijorat sirini talab qilib olish qonun hujjatlariga muvofiq davlat organining vakolatiga kirsa, tijorat sirini taqdim etish mazkur davlat organining asoslantirilgan talabiga kura tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Tijorat sirini taqdim etish tugrisidagi asoslantirilgan talab, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, davlat organining vakolatli mansabdor shakhsi tomonidan imzolangan bulishi, unda tijorat sirini talab qilib olishning maqsadi va huquqiy asosi, uni taqdim etish muddati kursatilgan bulishi kerak.
Tijorat sirini taqdim etish tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat organi uni sud tartibida talab qilib olishga haqli.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi II bulimning 2-kichik bulimi («Davo ishlarini yuritish»).
16-modda. Tijorat sirini taqdim etishda uning makhfiyligini taminlash
Davlat organlari uzlariga tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan taqdim etilgan tijorat sirining makhfiyligini taminlovchi shart-sharoitlar yaratishi shart.
Davlat organlarining khodimlari khizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan uzlariga malum bulib qolgan tijorat sirini oshkor etishga yoki boshqa shakhslarga, shu jumladan davlat organlariga topshirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek undan garazli yoki boshqa shakhsiy maqsadlarda foydalanishga haqli emas.
17-modda. Tijorat siri bilan sudda tanishtirish chegaralari
Sud muhokamasi chogida sudni va ishda ishtirok etuvchi shakhslarni tijorat siri bilan tanishtirishga tijorat sirining mulkdori yoki konfident davogar yoki javobgar sifatida ishtirok etayotgan nizoning mazmuniga bevosita taalluqli bulgan qismi buyicha yul quyiladi.
Sudning tijorat siridan cheklanmagan holda foydalanishiga faqat quyidagi hollarda rukhsat beriladi:
tijorat siri mulkdorining yoki konfidentning davlat organlari bilan nizolarida;
tijorat siri mulkdorining bankrotligi tugrisida ish quzgatilganda, tijorat sirining mulkdori tugatilganda yokhud uning faoliyati tugatilganda;
tijorat siri vorislik obekti bulganda vorislik huquqi khususidagi nizolarda;
er-khotin yoki ulardan biri tijorat sirining mulkdori bulganda ularning umumiy mol-mulki bulinishi khususidagi nizolarda;
tijorat sirining mulkdori va konfident urtasidagi nizolarda;
tijorat siri mulkdorining va (yoki) konfidentning muassislari urtasidagi nizolarda.
18-modda. Nizolarni hal etish
Tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi II bulimning 2-kichik bulimi («Davo ishlarini yuritish»).
19-modda. Tijorat siri tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Tijorat siri tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
20-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2014 yil 12 sentyabrdagi 177 (6107)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014 yil 11 sentyabr,
URQ-374-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2014 y., 37-son, 463-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.