Toshkentda akt innovasion markazi tashkil etiladi — ozbekiston

Toshkentda akt innovasion markazi tashkil etiladi — o’zbekiston
Toshkentdagi Inha universiteti hududida «Axborot-kommunikasiya texnologiyalari Innovasion markazi» erkin ik’tisodiy zonasini tashkil etish rejalashtirilmok’da. Bu hak’da muhokama uchun Normativ huk’uk’iy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon k’ilingan Prezident farmoni loyihasida so’z boradi.
Hujjatda EIZ kelgusida hududini kengaytirish va muddatini cho’zish imkoniyati bilan 2030 yil 1 yanvarga k’adar faoliyat olib borishi belgilangan. AKTga ixtisoslashgan EIZning tashkil etilishi O’zbekiston ik’tisodiyoti sohalariga AKTni faol joriy etish, ular rak’obatbardoshligini oshirish, soha korxonalari eksportini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirish, kadrlar, ilmiy-ishlab chik’arish va investision-moliyaviy salohiyatni umumlashtirish uchun k’ulay sharoitlarni yaratishi kutilmok’da.
YAngi EIZning asosiy vazifalari va yo’nalishlari k’uyidagilardan iborat bo’lishi rejalashtirilmok’da:
Eng avvalo eksportga mo’ljallangan hamda mamlakat ik’tisodiy va ijtimoiy sohalari ustuvor jabhalarini rivojlantirishni ta’minlash uchun dasturiy va dasturiy-uskuna mahsulotlarini ishlab chik’arishni rag’batlantirish;Ichki va tashk’i bozorda AKT va dasturiy ta’minot sohalaridagi rak’obatbardosh loyihalar uchun investisiyalarni jalb k’ilish;yuk’ori malakali mutaxassislarning muntazam ok’imi uchun jozibador hamda kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun k’ulay muhitni k’o’llab-k’uvvatlovchi tadk’ik’ot infratuzilmalarini shakllantirish;tadbirkorlar va AKT sohasidagi ik’tidorli yoshlarning innovasion g’oyalari va loyihalarini k’o’llab-k’uvvatlash;ilmiy-tadk’ik’ot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’ektlarining hamkorlikdagi loyihalarini amalga oshirishda o’zaro alok’alarni kengaytirish.
EIZ faoliyati mobaynida uning ishtirokchilari uchun o’ziga xos valyuta va solik’ tartiblari amal k’ilinadi. EIZ ishtirokchilari va ularning EIZ doirasidagi faoliyatini amalga oshirishda k’atnashayotgan ishchilarini solik’k’a tortish bo’yicha tartiblarni soddalashtirish rejalashtirilmok’da.
Комментарии 0