Turizm muammolari ochik muhokama kilindi — ozbekiston

Turizm muammolari ochik’ muhokama k’ilindi — o’zbekiston
O’zbekiston sayyohlik sohasining asosiy muammolari 28 dekabr kuni «O’zbekiston» mehmonxonasida bo’lib o’tgan davra suhbatida muhokama k’ilindi. Prezidentning yak’indagina k’abul k’ilingan turizm sohasini rivojlantirishni tezlashtirish to’g’risidagi k’arori va uni hamkorlikda amalga oshirish rejalarini muhokama k’ilishga bag’ishlangan tadbir Turizmni rivojlantirish davlat k’o’mitasi (sobik’ «O’zbekturizm» Milliy kompaniyasi) tomonidan tashkillashtirildi.
Marosimda Oliy Majlis Senati raisining xalk’aro munosabatlar, tashk’i ik’tisodiy alok’alar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Sodik’ Safoev, Davlat turizm k’o’mitasi raisi Anvar Sharapov, tashk’i ishlar vaziri o’rinbosari Dilyor Hakimov, mehnat vaziri Aziz Abduhakimov hamda xususiy sayyohlik firmalari va mehmonxonalar vakillari ishtirok etdi.
Davlat turizm k’o’mitasining Sohalararo va mintak’alararo muvofik’lashtirish boshk’armasi boshlig’i Abdulaziz Ok’k’ulov 2017?2021 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasining dastlabki loyihasi bilan tanishtirdi. Shundan so’ng Anvar Sharapov yig’ilganlardan turizm sektorini rivojlantirish bo’yicha takliflarini bildirishini so’radi.
Mega Tour sayyohlik agentligi vakili Islom Karimboev MDH davlatlari fuk’arolari uchun narx belgilashda imtiyozlar joriy etishni taklif k’ildi: «Avval, 10?15 yil muk’addam MDH davlatlari fuk’arolari imtiyozlarga ega edi, ya’ni kirish chiptalari va mehmonxonalarda muayyan narxlar belgilangandi. Mazkur bozor biz uchun juda manfaatli, umumiy ildizlarimiz bor. Rossiya va K’ozog’iston kabi davlatlar fuk’arolari yurtimizga ko’prok’ kelishini istar edim».
Mazkur taklifni izohlar ekan, Abdulaziz Ok’k’ulov yuk’orida aytib o’tilgan konsepsiyada aholining alohida k’atlamlari va sayyohlarning ayrim toifalarini k’o’llab-k’uvvatlash masalalari ham ko’zda tutilganini ta’kidladi.
Teleboshlovchi va «Vse o turizme» dasturi rahbari Elmira Tuxvatullina oliy malakali kadrlar tayyorlash mavzusiga to’xtalib o’tdi. «Teledastur tayyorlar ekanman, universitet, institut va kollejlarda turizm uchun kadrlar tayyorlanishiga k’aramasdan, etarli darajada salohiyatga ega bo’lmagan kishilar bilan to’k’nash kelaman. Bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyotchilarni jalb k’ilish lozim, deb hisoblayman», — deya ta’kidladi jurnalist.
U Xitoy tajribasidan misol keltirdi: «Xitoyda „Kim Buyuk Xitoy devoriga bormagan bo’lsa, hayotni ko’rmagan ekan“. Menimcha, bunday usuldan bizda ham foydalansa bo’ladi: „Eng ommabop sayyohlik yo’nalishlarida bo’lmagan O’zbekiston fuk’arosi o’z mamlakatini bilmaydi“. Ichki turizmni rivojlantirishni maktabgacha yoshdan boshlash lozim. Buning uchun maktab o’k’uvchilarida o’z vatanini anglashga k’izik’ish uyg’otish zarur».
Grand Atlas mehmonxonasi menejeri Mansur Zokirov turli davlat mahkamalari ekspertlarini jalb etgan holda turizm sohasini rivojlantirishni nazorat k’ilish bo’yicha kengash tuzish taklifini ilgari surdi.
«Turizmni rivojlantirish bo’yicha davlat kengashi tuzish, uning ishiga 10?12 mahkamani jalb etishni taklif etaman. Kengash yig’ilishi „O’zbekiston havo yo’llari“, „O’zbekiston temir yo’llari“, IIV, TIV va boshk’a tuzilmalar ishtirokida o’tkazilishi mumkin», — dedi u.
Sodik’ Safoev parlamentda mahkamalararo hamkorlikni muvofik’lashtirish bilan shug’ullanuvchi maxsus guruh tuzilishini ma’lum k’ildi. Ayni paytda, Anvar Sharapov Davlat rak’obat k’o’mitasi huzurida tez orada har bir masalani batafsil o’rganuvchi jamoatchilik kengashi tashkil etilishini ta’kidladi.
Mansur Zokirov hududlarda turizmni rivojlantirish masalasini ko’tarib, Davlat rak’obat k’o’mitasining joylardagi bo’limlari vakolatlarini kengaytirishni taklif k’ildi. Anvar Sharapovning so’zlariga ko’ra, viloyat hokimlarining birinchi o’rinbosalariga hududlarda turistik faoliyatni muvofik’lashtirish vazifasi yuklatilgan. Birok’ eski ish mexanizmi zarur natijani ko’rsatmadi. Ko’plab hududiy rahbarlar o’zgartiriladi (mazkur jarayon boshlangan), boshk’aruv tizimi zamonaviy talablarga javob beradigan shakllarga o’zgartiriladi.
People Travel vakili Sanjar Xolmuradov sayyohlarni ro’yxatdan o’tkazishdagi muammolarni ko’rsatib o’tdi: «Biz chet ellik sayyohlarni ro’yxatga olish bo’yicha hozirgi tizim bilan ekologik va k’ishlok’ xo’jaligi turizmini rivojlantira olmaymiz. Uch kun (chet elliklar O’zbekistonda uch ish kunidan ko’prok’ muddatga k’oladigan bo’lsa, ro’yxatdan o’tishlari lozim — tah.) — tog’larga, oilalarda yashash uchun k’ishlok’ joylarga borish mak’sadidagi kishilar uchun juda kamlik k’iladi. Shuningdek, ko’pchilik bojxona deklarasiyasidan k’o’rk’adi. Shu sababli k’onunchilikni k’ayta ko’rib chik’ish lozim, deb hisoblayman».
Uning so’zlariga ko’ra, temir yo’lar bilan ham muammolar mavjud. «Bizda yaxshi, har jihatdan k’ulay poezdlar bor, lekin yo’lovchi o’rinlari etishmaydi. Katta muammo — hojatxonalar, shuningdek, navigasiya — sayyohlar shaharlar bo’ylab mustak’il harakat k’ila olmaydi, ko’rsatilayotgan xizmatlardan to’lak’onli foydalanolmaydi».
Dilyor Hakimov tadbirkorning har bir savoliga javob k’aytardi. Jumladan: «Infratuzilmalardagi muammolar borasida k’isman k’o’shilaman. Siz poezdlar hak’ida gapirayapsiz, lekin buning davlat uchun etarli darajada katta xarajat ekanligini unutmaslik lozim… Biznes-hamjamiyatga infratuzilmalarni rivojlantirish bo’yicha bir k’ism mas’uliyatni o’z zimmasiga olishni taklif k’ilaman», — dedi Dilyor Hakimov. Uning so’zlariga ko’ra, xususiy sektor va davlat hamkorligi faol rivojlanishi lozim.
Sayyohlarni ro’yxatga olish — bahsli masala, davom ettirdi TIV vakili. Birok’ bahslarda davlat manfaatlarini ham hisobga olish lozim, birinchi navbatda xavfsizlik sohasida. Bojxona deklarasiyasi borasida vazir o’rinbosari sayyohlik biznesi vakillari bilan murosaga kela olmasligini bildirib o’tdi, uning aytishicha, bojxonaga oid jarayonlar barcha mamlakatlarda mavjud.
«Sodik’ Solixovich [Safoev] to’g’ri gapirdi: tizimni o’zgartirish kerak. Prezident Shavkat Mirziyoev Navoiy viloyatidagi sessiya vak’tida shunday savolni o’rtaga tashladi: „Agarda biz, amaldorlar xalk’ni eshitish, ular muammosini echishga k’urbimiz etmasa, u holda nima uchun kerakmiz?“ — dedi Anvar Ikromov zaldagi k’arsaklar ostida. — Aslida biznes davlatga k’arzdor emas. Sotib olingan poezdlar davlat pullariga emas, balki tadbirkorlar to’lagan solik’lar evaziga xarid k’ilingan», — ta’kidladi u.
«Biz mak’sadlarimiz bir bo’lsa ham, ikki tilda so’zlamok’damiz, — deya so’zini davom ettirdi SSP raisi o’rinbosari. — Agarda Moliya vazirligi bilan kichik biznes bilan mashg’ul kishilarning o’rtacha soni kamayishi borasida bahslashsak, masalaga bir tomonlama yondashasiz, byudjetning asosiy daromadlariga e’tibor k’aratmaysiz. Agarda siz ko’prok’ poezd buyurtma bersangiz, demak, ular, tadbirkorlar yaxshirok’ ishlashni boshlaydi, agarda reyslar sonini oshirsangiz, ular mamlakatga ko’prok’ sayyohlarni jalb etadi».
Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Anvar Ikromovning fikrlarini takrorladi va hukumat hamda biznes-muhit vakillarini hamkorlikda ishlashga chak’irdi: «Davlat organlari va xususiy sektor manfaatlari mushtarak. Agarda sayyohlik operatorlari turistlarni jalb k’ilmasa, u holda „O’zbekiston havo yo’llari“ daromadni k’aerdan oladi? Bu erda davlat organlari va biznes o’rtasida teng huk’uk’li hamkorlik bo’lishi lozim».
Dolores Travel Services sayyohlik operatori direktori Farhod Rasulov Davlat statistika k’o’mitasi tak’dim etgan statistik ma’lumotlarni tahlil k’ilar ekan, ma’lumotlar noto’g’ri tushunilishini ta’kidladi.
«O’zbekistonga yil davomida 2 mln sayyoh keladi, deyiladi. Biz Davlat rak’obat k’o’mitasidan rasman ravishda ma’lumotlarni so’radik va mazkur rak’amlarning 1,9 milliondan ortik’rok’ ekanini ko’rdik. Lekin turizm turlari bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak, an’anaviy ekskursion turizmdan 160 ming, xizmat turizmidan esa 190 ming kishi foydalangan. Savol tug’iladi: „Ularning barchasi k’aerda yashadi?“ Respublikadagi mehmonxona nomerlari, jumladan, pansionatlar, sanatoriyalar, bolalar lagerlarini ham hisobga olsak, O’zbekiston birvarakayiga kuniga 50 ming kishini k’abul k’ila oladi. 1,9 millionni bir yildagi kunlar soniga bo’lsak, u holda biz jismoniy jihatdan shuncha sayyohni k’abul k’ila olmaymiz. Bu noto’g’ri hisob ketganidan dalolat beradi, degani emas, bu shunchaki ma’lumotlarni noto’g’ri tushunish demakdir. 1,9 million tashrif buyuruvchidan 1 millioni, bu — mehmonxona turizmiga kiruvchi etnik trafik hisoblanadi, biz uchun esa ular noan’anaviy sayyohlardir. Umuman olganda, respublika uchun, albatta, ular pul sarflaydigan sayyohlar hisoblanadi, birok’ bu erga mamlakatga fak’atgina 350 ming kishini jalb k’ilgan sohaning aynan ikki yo’nalishi — ekskursion va xizmat turizmini muhokama k’ilish uchun yig’ilganmiz», — dedi u.
Farhod Rasulov soha biznes-hamjamiyatida O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini kuchlirok’ targ’ib k’ilish uchun mablag’lar etishmasligini tan oldi.
«Xususiy sektor k’anday o’ylashiga dik’k’at k’aratishingizni istar edim. Respublikada 624 mehmonxona xo’jaligi va 1000 atrofida sayyohlik firmalari mavjud. Biz yagona solik’ to’laymiz va bularning barchasi jamlansa, katta pulga aylanadi. Barcha sukut sak’layotgan turistik yig’im hak’ida ham unutmaslik lozim. Bir yil davomida „O’zbekturizm“ jamg’armasi taxminan 2 mln dollar k’abul k’ilib oldi. Ko’rgazmalardagi faoliyatimizga kelganida esa, biz hammasiga o’zimiz to’lashimiz kerak, desak noto’g’ri bo’ladi. Chunki bizning komissiya ko’pi bilan 10 foizni tashkil etadi, bu arzimas daromad emas, birok’ mamlakatni kuchli targ’ib etishni istasak, u kamlik k’iladi».
U o’z so’zini davom ettirar ekan, takliflarini ilgari surdi. «Turizm sohasidagi 18 yillik faoliyatim davomida biz k’ancha takliflarni tak’dim etdik, birortasi ham amalga oshmagan takliflar ro’yxatini tuzsak, 50 punktdan oshar edi. Mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish uchun takliflardan biri sifatida biz mehmonxona xo’jaliklarini kreditlashni k’ayta ko’rib chik’ishni so’radik. Hozirda tijorat banklari eng kamida 7 yilga kredit ajratmok’da, mehmonxonalarning xarajatlarni k’oplash muddati esa 10?12 yilni tashkil etadi. Biz Markaziy bankning tijorat banklariga bunday kreditlarni ajratish to’g’risidagi tavsiyasini berishigagina erishdik, birok’ birorta ham bank buni amalga oshirmayapti. Mehmonxona turizmini rivojlantirish uchun mazkur taklif ham konsepsiyaga kiritilishi lozim».
Shundan so’ng Farhod Rasulov ayni paytda turistik sektorni eng ko’p tashvishga solayotgan masalani o’rtaga tashladi. 2017 yil 1 yanvardan O’zbekiston hududida chet el fuk’arolari hamda respublikada doimiy yashamaydigan fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarga mehmonxonalarga joylashish uchun to’lov fak’atgina erkin konvertasiya k’ilinadigan valyutada amalga oshiriladi.
«To’lovlarni valyutaga o’tkazish to’g’risida yak’indagina k’abul k’ilingan k’aror sababli biz o’z faoliyatimizni to’lik’ k’ayta ko’rib chik’ayapmiz. Biz 2017 yil uchun barcha narxlarni avgustda e’lon k’ilgan edik, endi esa mehmonxonalar narxi 30?40 foizga k’immatladi. Natija bunday bo’ldi: bizning xorijlik sheriklarimiz buyurtmalarni k’aytarib olmok’da, bu esa yilning birinchi yarmida yo’k’otishga uchrashimizni anglatadi. Mehmonxonalardan kelgusi yilda eski narxlar bo’yicha xizmat k’ilishini so’rayapmiz, mazkur bekor k’ilishlar, ular soni mingdan oshdi, mamlakatimiz imidjiga k’attik’ salbiy ta’sir ko’rsatmok’da. Davlat rak’obat k’o’mitasidan mazkur muammoni tezrok’ bartaraf etish uchun turistik operatorlar va mehmonxona biznesi ishtirokida yig’ilish o’tkazishni iltimos k’ilib k’olar edik», — dedi Farhod Rasulov.
Tadbirkorlar 2017?2021 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini yanada k’isk’arok’ muddatli dasturlarga ajratish g’oyasini ilgari surib, 1999 yilda k’abul k’ilingan «Turizm to’g’risida»gi k’onunning ma’nan eskirgani va yangi tahrirda k’abul k’ilish ehtiyoji borligini eslatib o’tishdi.
Davlat rak’obat k’o’mitasi va boshk’a mahkamalar vakillari uchrashuv ishtirokchilarini ko’tarilgan savol va takliflar e’tiborsiz k’olmasligiga ishontirdi. Ular sohani rivojlantirish konsepsiyasini yakuniga etkazish bo’yicha sermahsul hamkorlik olib borilishiga umid bildirishdi.
Комментарии 0