Uqituvchi va shifokorlar yillar davomida dalalarda ishlashdi boshqa bunday bulmaydi — namangan viloyati ho

Uqituvchi va shifokorlar yillar davomida dalalarda ishlashdi. boshqa bunday bulmaydi — namangan viloyati hokimi — o’zbekiston
11 avgust kuni milliy televideniening jonli efirida Uzbekiston va uning kelgusidagi taraqqiyoti uchun ahamiyatga molik, deb atash mumkin bulgan hodisa ruy berdi. Namangan viloyati hokimi Khayrulla Bozorov shifokor va uqituvchilarni obodonlashtirish va qishloq khujaligi ishlariga jalb etilgani salbiy oqibatlarni keltirib chiqarganini tan olib, mazkur amaliyotga chek quyishga vada berdi.
«Bu haqiqat, uni yashirish kerak emas», — dedi Khayrullo Bozorov Khalqaro press-klub yigilishida klub raisi Sherzod Qudratkhujaev uqib bergan fuqarolardan birining savoliga javob qaytarar ekan. Savol muallifi Sohibjon Bobojonov uqituvchilarning obodonlashtirish ishlariga jalb etilishi buyicha hokim fikri bilan qiziqdi.
«Biz ularni faqat obodonlashtirish, balki hatto qishloq khujaligi ishlariga ham jalb etdik, — deya tan oldi hokim. — Uqituvchilarga uz ishlarini qilishga yul bermadik, fermerlarga biriktirib quydik».
«Vrachlarimizga uz ishini qildirmadik, QVPda (qishloq vrachlik punktlari — tahr.) uz ishlari qolib, qishloq khujaligi ishlari bilan band bulishdi, — deya davom ettirdi Khayrullo Bozorov. — Natijada nima buldi, natijada bugun onalar ulimi oshdi, gudaklar ulimi oshdi, lekin khech kim QVP ga yordam bergani yuq. Qachonki endi biz kuzimizni ochib kursakki, qanaqadir ogir ahvolda».
«Shuning uchun qatiy cheklangan hozir, uqituvchilarimizni, umuman byudjet khodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bulsaki mayli shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bulsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga», — deya takidladi Khayrullo Bozorov.
U Namangan shahrida 1500 kishi obodonlashtirish sohasida faoliyat kursatishi va ushbu kuchlar etarli ekanini qushimcha qildi.
Комментарии 0