Vest bromvich chelsiga osonlikcha engilmokchi emas — ozbekiston

Vest bromvich chelsiga osonlikcha engilmok’chi emas — o’zbekiston

Angliyaning “Vest Bromvich” klubi bosh murabbiyi Londonning “Chelsi”ga k’arshi o’yindan oldin intervyu berib o’tdi. Ma’lumki, “Chelsi” bu o’yinda zafar k’uchsa APL chempionligini nishonlashi mumkin.
Bu hak’da Pyulis yaxshi biladi va osonlikcha taslim bo’lish niyatida emas.
“Uchrashuvda “Chelsi” uchun uch ochko muhim, ammo biz buni osonlik bilan topshirib k’o’ymok’chi emasmiz.
Bugun fak’at uchrashuv jangovar va k’izik’arli o’tishi uchun maydonga tushamiz. Antonio Konte bundan boshk’a narsani kutmayotgani anik’.
Konte va shogirdlarining bu mavsum oltin dubl k’ayd etish imkoniyati borligi uchun tan berish lozim. Ular bunga to’lak’onli hak’lidir.
Bu mavsum ular eng bark’aror jamoa bo’lishdi va bizning maydonga chempionlikni rasmiylashtirish uchun kelishmok’da.
Biz esa o’z navbatida eng kuchli o’yinimizni ko’rsatishga harakat k’ilamiz. Bizning muhlislar oldimizda o’z majburiyatlarimiz bor”, — deydi Pyulis.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.