Veterenariya boyicha yangi komita tashkil etildi — ozbekiston
Veterenariya bo’yicha yangi k’o’mita tashkil etildi — o’zbekiston
Prezidentning 1 iyundagi farmoni bilan K’ishlok’ va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshk’armasi negizida O’zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya k’o’mitasi tashkil etildi.
Farmon veterinariya sohasida davlat boshk’aruvi tizimini tubdan takomillashtirish, hayvonlarning sog’lig’ini sak’lash bo’yicha samarali ishlarni tashkil etish, davlat veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, epizootik bark’arorlikni va ozik’-ovk’at mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ichki va tashk’i bozorlarda talab yuk’ori bo’lgan, hayvonlardan olinadigan rak’obatdosh mahsulot va xomashyo ishlab chik’arish uchun k’ulay shart-sharoitlar yaratish, veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish mak’sadida k’abul k’ilindi.
Farmon va davlat rahbarining xuddi shu kuni k’abul k’ilingan k’aroriga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, davlat veterinariya xizmati sohasida ishlarning umumiy holati mamlakatimizning jadal sur’atlarda ijtimoiy-ik’tisodiy rivojlanish sur’atlaridan va hozirgi zamonning hayvonlar sog’lig’i profilaktikasi hamda o’z vak’tida va sifatli davolashni ta’minlashga k’aratilgan zamonaviy talablardan sezilarli darajada ortda k’olmok’da.
Tarmok’da yagona vertikal boshk’aruv tizimi yaratilmagan, uning moddiy-texnika bazasi ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan. Hayvonlar kasalliklarini profilaktika k’ilish va davolashga ilmiy ishlanmalar va zamonaviy veterinariya dori vositalarini ishlab chik’arishni yo’lga k’o’yish, innovasion usullarni amaliyotga joriy k’ilish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.
K’arorga muvofik’, O’zbekiston Respublikasi K’ishlok’ va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’zbekiston K’ishlok’ xo’jaligi ilmiy-ishlab chik’arish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadk’ik’ot instituti Davlat veterinariya k’o’mitasi tizimiga o’tkazildi.
Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning o’ta xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari bo’yicha davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va ozik’-ovk’at mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etildi.
Veterinariya dori vositalari va ozuk’abop k’o’shimchalarning sifatini nazorat k’ilish davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuk’abop k’o’shimchalari sifati va muomalasi nazorati bo’yicha davlat ilmiy markaziga aylantirildi.
Prezident k’arori bilan 2017?2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi tasdik’landi.
Комментарии 0