Xavi dushmanim barselonani boshkarishi mumkin edi — ozbekiston
Xavi: dushmanim barselonani boshk’arishi mumkin edi — o’zbekiston
“Barselona” sobik’ yarim himoyachisi Xavi “Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o’rtasidagi mojaro hak’ida o’z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o’tamiz, kuni — kecha Xavi “Manchester Siti” murabbiyi Xosep Gvardiolaga londonlik hujumchi Dele Allini sotib olishi kerakligini aytgandi. Shundan so’ng “Tottenxem” bosh murabbiyi Pochettino Xavini hazil tarik’asida o’zining dushmani deb atadi.
— O’zimni nok’ulay sezyapman. The Sun nashridagi intervyu bu – uydirma, aynan shu intervyu Pochettinoning reaksiyasiga sabab bo’ldi.
Menda umuman dushmanyo’k’, hatto maydonda ham bo’lmagan. Pochettino menga dushman emas. Biz u bilan “Barselona” va “Espanol”da to’p surganimizda avval ham ko’p ro’baro kelganmiz.
Dushmanim (kuladi) “Tottenxem”da yaxshi ish olib bormok’da, buning natijasida ko’p hurmatga loyik’ligini isobtlamok’da. Pochettinoning “Tottenxem”da k’o’llayotgan uslubi butun dunyo futbol muxlislari tomonidan yaxshi kutib olinmok’da.
— “Espanol”dagi tarixga k’aramasdan , u “Barselona” murabbiyi bo’lishi mumkinmi?
-Nega yo’k’? Men o’ylaymanki bu muammo emas. “Espanol”ning ko’pchilik o’yinchi va murabbiylari “Barselona”da faoliyat olib borgan. Pochettino murabbiy bo’lishi mumkin.
U Premer-Ligadagi eng kuchli murabbiylardan biri. Maurisio“Barselona” bosh murabbiyligiga ajoyib da’vogar bo’lardi” – deydi XaviGoal. comnashriga bergan intervyusida.
Комментарии 0