Yunisef idorasi rahbari tibbiyot kolleji okuvchisining olimi yuzasidan bayonot berdi — ozbekiston

Yunisef idorasi rahbari tibbiyot kolleji o’k’uvchisining o’limi yuzasidan bayonot berdi — o’zbekiston

Toshkentdagi Tibbiyot kolleji talabalari ishtirokidagi vok’ea yuzasidan YuNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bayonot berdi.
«1 iyun kuni vafot etgan Toshkent Tibbiyot kolleji talabasi 17 yoshli Jasurbek Ibrohimov oilasiga chuk’ur va samimiy ta’ziya izhor etamiz», — deyiladi bayonotda.
«O’k’uv muassasalaridagi bezorilik masalasi dunyo mik’yosida borgan sari tashvishli masalaga aylanib boryapti, va har kuni, har erda bolalarni zo’ravonlikning k’urbonlariga aylantiryapti. Juda ko’p odamlar o’k’uv muassasalaridagi bolalarga nisbatan zo’ravonlikka ko’z yumadilar. Shu bilan birga zo’ravonlikka uchragan juda ko’p bolalarda bu to’g’rida ochik’ gapirish, ishonchli katta inson bilan o’rtok’lashish, o’zlariga xavfsiz muhit topish uchun ishonch va vosita bo’lmaydi», — deya k’ayd etdi Sasha Graumann.
U bu singari holatlarni hal etish uchun muallim va ota-onalarni o’k’itish, bolalarni zo’ravonlikning barcha turlaridan himoya k’iluvchi odob-axlok’ k’oidalarini ishlab chik’ish va ularni k’o’llash singari yo’llar mavjudligini ta’kidlab o’tdi.
«Tengdoshlar orasida jismoniy va og’zaki shakllardagi bezorilik mamlakatlar bo’ylab keng tark’algan. Xo’rlash va ijtimoiy jihatdan chetlatish singari bilvosita bezorilik ham bolalarni xavf ostiga k’o’yadi. Bezorilik xulk’-atvori ko’pincha jamiyatda muayyan guruhlarga nisbatan ustunlik, stigma va kamsitishni aks ettiradi», — deyiladi bayonotda.
«Ijtimoiy dinamika vak’t o’tishi bilan o’zgarishi hamda Internet va uyali telefon singari axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish o’sib borayotgani bois bolalar xo’rlashning yangi shakllariga tobora duch kelmok’dalar», — deya k’o’shimcha k’ildi xalk’aro tashkilot vakolatxonasi rahbari.
Uning so’zlariga ko’ra, YuNISEF bezorilik masalasini hal etishda dunyodagi ko’pgina mamlakatlarga yordam bermok’da. K’uyidagi oltita strategiya ko’pgina mamlakatlarda foydali deb topildi:
ota-onalar, bolani parvarish k’iluvchilar va oilalarni k’o’llab-k’uvvatlash;
bolalar va o’smirlarga xavf-xatar va tahdidlarga k’arshi kurashishni boshk’arishda yordam berish;
zo’ravonlik va tahk’irlashga olib keluvchi munosabat va ijtimoiy normalarni o’zgartirish;
muallimlar va rasmiy shaxslarni bolalarga tegishli xizmat ko’rsatish borasida o’k’itish;
bolalarni himoya k’iluvchi k’onun va siyosatni amalga oshirish;
ma’lumotlarni yig’ish va tadk’ik’otlar o’tkazish.
«YuNISEF bolalarga nisbatan zo’ravonlikning barcha turlariga, jumladan ta’lim muassasalarida bezorilikka k’arshi kurashda hukumatning sa’y-harakatlarini k’o’llab-k’uvvatlash uchun tayyor», — deya o’z bayonotini yakunladi Sasha Graumann.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.