Yuqorichirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotganda ushlandi — ozbekiston

Yuqorichirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotganda ushlandi — o’zbekiston

30 avgust kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani «Istiqbol» mahalla fuqarolar yigini raisi G. Khamidov fuqaro D. Karimovadan 500 ming sum miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlandi.
Tezkor tadbir Uzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi khodimlari tomonidan utkazildi.
Viloyat prokuraturasi saytida khabar qilinishicha, muqaddam D. Karimova prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilib, qonuniy ajrashish uchun fuqarolik sudiga taqdim etishi kerak bulgan ayrim hujjatlarni tayyorlab berish evaziga mahalla raisi undan pora talab qilayotganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi quzgatilib, tergov harakatlari Yuqorichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.