Depressiya tana vazniga tasir kiladimi — ozbekiston

Depressiya tana vazniga ta’sir k’iladimi? — o’zbekiston

Xorijlik mutaxassislar insonning tushkun kayfiyat va depressiyani ajratishi uchun 9 ta omilni keltirishdi. Agar mazkur alomatlardan 5 tasi sizni bezovta k’ilib, uzok’ vak’t davom etsa, bilingki, zudlik bilan shifokorga uchrashishingiz darkor.1. Asosan kunning birinchi yarmida kayfiyatning tushishi
Ba’zan depressiya biroz tushkunlikdan boshlanib, ko’krak k’ismidagi og’rik’lar bilan kechadi. Depressiyaning og’ir shaklida esa inson hayotdan ma’no “topmasligi” ham mumkin. Bunday hissiyotlar asosan kunning birinchi yarmida paydo bo’ladi. Kech tushishi bilan tark’aydi.
2. Aybdorlik hissi, o’zini “keraksiz”, deya his k’ilish
O’z aybini tan olish – kuchli inson xislati. Birok’ har bir k’ilgan ishidan, harakatidan ayb topib, butun xayollarini shu kamchilik bilan bog’lash depressiyadan darak. Bunday holda inson miyasida fak’atgina bitta fikr “aylanaveradi”. Inson har safar xato k’ilganini eslaganida, o’zini keraksiz va baxtsiz his k’ila boshlaydi.
3. E’tiborsizlikning kuchayishi va bek’arorlik
Depressiyaga uchragan inson rejalashtirgan ishlariga ulgura olmaydi. Biron-bir vazifani bajarishda k’aror k’abul k’ilish uchun ko’p k’uvvat va kuch sarflaydi, ya’ni u o’zining dik’k’atini jamlay olmaydi. Insonning miyasi tushkunlik bilan “k’oplangani” sababli boshk’a ma’lumotlar uchun k’uvvat etmaydi. Natijada o’ziga zarar bo’lib xizmat k’iluvchi tavakkal harakatlarni amalga oshiradi yoki k’aror k’abul k’iladi.
4. Uyk’uning buzilishi
Depressiya insonning ba’zan ko’p, ba’zan esa kam uxlashiga sabab bo’ladi. Ayrim kishilar o’zining tushkun kayfiyati va salbiy xayollaridan “k’ochish” uchun vak’tlarini uxlash bilan o’tkazadilar. YAna ba’zi kishilar esa turli xayollardan xavotirlanib, uxlay olishmaydi. Uyk’usizlik boshk’a kasalliklarni ham yuzaga keltiradi.
5. K’achondir sizni baxtli k’ilgan vok’ea yoki buyum endi k’uvontirmaydi
Odatda biron-bir hodisa insonni k’uvontirar yoki biror kiyim unga yok’ar edi, ammo bu holat avvalgidek yaxshi kayfiyat bag’ishlamasa, depressiya boshlanayotganini bildiradi.
6. Tana og’irligining o’zgarishi
Ayrim kishilar depressiya holatida vazn yo’k’otadilar, ba’zilar esa aksincha ortik’cha vaznga ega bo’ladilar. Bu ko’pincha ovk’atlanish jarayonining o’zgarishi bilan bog’lik’. Masalan, ayrimlar tushkunlik vak’tida ovk’atlanishmaydi, yana bir toifa kishilar esa ovk’at depressiyadan xalos etadi, deya ko’p mik’dorda tanovul k’ilishlari mumkin.
7. Bezovtalik, xavotirlanish
Xavotirlanish hissi, k’o’rk’uv, sarosimaga tushish depressiyadan darak beradi. Bunda bezovtalik besabab yuzaga keladi. Inson ongi ork’ali xavotirlanish hissi paydo bo’ladi. Jismoniy jihatdan bu hissiyot yurakning tez urishiga, tez terlashga, uyk’uning buzilishiga olib keladi.
8. Inson tanasining turli k’ismlarida og’rik’lar paydo bo’lishi
Depressiya vak’tida insonning boshi ko’p og’riydi, ko’ngli buziladi, k’orin va oshk’ozon, shuningdek, bo’yin sohalarida og’rik’ yuzaga keladi. Albatta, bu og’rik’larni depressiya bilan bog’lash doim ham to’g’ri emas. Ba’zan ichki organlarning xastaligi mazkur og’rik’larni keltirib chik’arishi mumkin.
9. Hayotni “tark etish” hak’idagi xayollar
Depressiyaning eng og’ir alomati hayotga bo’lgan ishtiyok’ning yo’k’olishidir. Yuk’oridagi omillarning birortasi ham kuzatilmay, 2 hafta muddat davomida fak’atgina yashashdan ma’no k’olmagandek tuyulayotgan bo’lsa, darhol shifokorga uchrashish lozim.
Inson hayotga bir marotaba keladi. Har bir kunimiz, har bir onimiz biz uchun ulkan tuhfa. Har k’anday vaziyatda ham masalaning echimi topilishini unutmang. Hayotga muhabbat bilan k’arashni, go’zallikni his k’ilishni o’rganing. Bu esa nafak’at sizni, balki atrofingizdagi insonlarni ham baxtli k’iladi.
Durdona Rasulova

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.