Hokimlar maoshi aholi bandligi darajasiga boglik boladi — ozbekiston

Hokimlar maoshi aholi bandligi darajasiga boglik boladi — ozbekiston

Hokimlar maoshi aholi bandligi darajasiga bog’lik’ bo’ladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti 6 maydagi k’arori k’arori bilan aholi bandligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini tasdik’ladi. Bu hak’da O’zA xabar k’ildi.
1 iyulidan boshlab joylardagi rahbarlarni moddiy rag’batlantirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmok’da. Unga ko’ra K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi o’sishining tasdik’langan har chorak prognoz ko’rsatkichlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun lavozim maoshining 15 foizi mik’dorida mos ravishda mukofot beriladi yoki jarima solinadi.
K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o’rinbosarlariga hamda ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga esa ular lavozim maoshlarining 20 foizi mik’dorida huddi shunday mukofotlash yoki jarima solish choralari k’o’llaniladi.
Aholi bandligi o’sishining mezoni sifatida aholini davlat ijtimoiy sug’urta hamda mehnat va pensiya k’onunchiligi tizimlari bilan k’amrab olingan doimiy, bark’aror ishga joylashtirilishi belgilangan.
K’arorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, Aynan shunday bandlik shakli mehnat kafolatlarini himoyalash, pensiya to’lovlarini amalga oshirish uchun mehnat stajini hisobga olish, uy-joy sotib olish va oliy ta’lim muassasalarida o’k’ish uchun olingan kreditlarni to’lashda solik’ imtiyozlariga ega bo’lish hamda aholining kundalik hayotida zarur bo’ladigan boshk’a amaldagi k’onunchilik me’yorlaridan fuk’arolarimiz to’lak’onli foydalanishiga barcha imkoniyat yaratadi.
Shu munosabat bilan k’arorda joylardagi rahbar xodimlarga mukofot berish yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish mik’dorini anik’lashda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’layotgan aholi bandligi o’sishining prognoz ko’rsatkichlari bajarilishi hisobga olinishi belgilab k’o’yilgan.
Aholi bandligi o’sishining mamlakatimiz hududlari, tuman va shaharlari kesimida prognoz ko’rsatkichlari 2018 yildan boshlab har yili O’zbekiston Oliy Majlisi tomonidan tasdik’lanadigan Aholi bandligi dasturi hamda K’orak’alpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining k’arorlari bilan tasdik’lanadigan aholi bandligining manzilli hududiy dasturlari bilan belgilanadi. 2017 yilning uchinchi va to’rtinchi choraklarida aholi bandligi o’sishining O’zbekiston hududlari kesimida prognoz ko’rsatkichlari k’abul k’ilingan mazkur k’aror hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining tegishli k’arorlari bilan tasdik’lanadi.
Mazkur k’aror bilan Aholi bandligi o’sishining prognoz ko’rsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy rag’batlantirish va shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish tartibi to’g’risidagi nizom tasdik’landi va ushbu nizomda anik’ va tasdik’langan ma’lumotlarga asoslangan holda tegishli rahbarlarga nisbatan rag’batlantirish yoki intizomiy jazolash choralari k’o’llashning anik’, ravshan va shaffof mexanizmini joriy etish ko’zda tutildi.
Shuningdek, nizomda band bo’lgan aholi soni va uning o’sishi to’g’risidagi ma’lumotlar solik’ xizmati organlari va byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasining ma’lumotlar bazasidagi byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lovchi jismoniy shaxslarning identifikasiya rak’ami (STIR) asosida shakllantiriladi.
Nizomga muvofik’ mehnat hududiy boshk’armasi, davlat solik’ boshk’armasi va byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasi boshk’armasi aholi bandligi o’sishi prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni har chorakda shakllantirib, K’orak’alpog’iston Respublikasi Jo’k’org’i Kengesi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat solik’ k’o’mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasiga tak’dim etadilar.
K’orak’alpog’iston Jo’k’org’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari olingan ma’lumotlar asosida uch ish kuni davomida tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning birinchi o’rinbosarlarini mukofotlash yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish to’g’risida k’aror k’abul k’ilishlari lozim.
Mehnat vazirligi, Davlat solik’ k’o’mitasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashk’ari Pensiya jamg’armasi olingan ma’lumotlar asosida uch ish kuni davomida aholi bandligi o’sishining prognoz ko’rsatkichlari bajarilishi to’g’risidagi axborotni har bir hudud bo’yicha shakllantirib, mazkur k’aror bilan k’abul k’ilingan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida maxsus tashkil etilgan Mahalliy ijro hokimiyati va ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy rag’batlantirish va shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofik’lashtirish bo’yicha komissiyaga tak’dim etishlari lozim.
Nizomga ko’ra Komissiya olingan ma’lumotlar asosida K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini va ularning birinchi o’rinbosarlarini moddiy rag’batlantirish yoki ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini k’o’llash masalasini ko’rib chik’adi.
Shuningdek, tasdik’langan nizomga k’o’shimcha ravishda Ik’tisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat solik’ k’o’mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va rak’obatni rivojlantirish davlat k’o’mitasi, Investisiyalar bo’yicha davlat k’o’mitasi, Markaziy bankga bir oy muddatda aholi bandligi o’sishini ta’minlash uchun ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy rag’batlantirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish tartibini ishlab chik’ish va tasdik’lash topshirig’i yuklatilgan.
Bunda ik’tisodiy kompleksning tegishli hududiy organlari rahbarlari uchun aholi bandligi o’sishining ko’rsatkichlari va mezonlari sifatida hududlarni ijtimoiy-ik’tisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalari, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning «yo’l xaritalari» va to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar ishtirokidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, shaxsiy tomork’a va dehk’on xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha ishga joylashtirilgan fuk’arolar hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, kasb-hunarga k’ayta o’k’itish va jamoat ishlariga jalb etish hisobiga ishga joylashgan aholi soni k’abul k’ilinishi lozim.
Alohida k’ayd etish lozimki, k’arorda K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi o’rinbosarlari, ik’tisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari o’z ish faoliyatida ik’tisodiyot tarmok’lari korxonalari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga to’sk’inlik k’ilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga chik’k’an holda tizimli hal k’ilishda amaliy yordam ko’rsatish, shu asosda band bo’lmagan aholini, aynik’sa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal k’ilishga k’at’iy va so’zsiz rioya etish to’g’risida topshirik’lar berilgan.
Shu bilan birga, k’arorda mahalliy ijro hokimiyati va ik’tisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish to’g’risida me’yor ko’zda tutilgan bo’lib, unga ko’ra tasdik’langan prognoz ko’rsatkichlari uzluksiz ikki chorak davomida yoki yil davomida uch chorakda bajarilmagan tak’dirda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyik’ligi masalasi ko’rib chik’iladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.