Intervyu aleksandr geynrix jchga chikish istagi faoliyatidagi kiyinchiliklar va suriya bilan oyindagi

Intervyu aleksandr geynrix jchga chikish istagi faoliyatidagi kiyinchiliklar va suriya bilan oyindagi

Intervyu: aleksandr geynrix jchga chik’ish istagi, faoliyatidagi k’iyinchiliklar va suriya bilan o’yindagi selfi hak’ida — o’zbekiston

O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. O’FF matbuot xizmati tomonidan tashkil k’ilingan suhbat chog’ida tajribali futbolchi faoliyatidagi k’iyinchiliklar, saralash bosk’ichidagi bo’lajak to’k’nashuvlar, JCh–2018 turniriga chik’ish orzusi hamda Suriyaga k’arshi o’yindagi selfi hak’ida so’zlab berdi.
FIFA muxbiri Aleksandr Geynrixning Suriya bilan o’yinda olgan selfisiga oldindan tayyorgarlik ko’rgan-ko’rmagani hak’idagi savolga k’uyidagicha javob berdi: “Suriya bilan o’yindagi selfi o’z-o’zidan kelib chik’di. Jurnalist Nodirxo’ja Yo’ldoshev telefonini menga uzatdi va ajoyib ehtiroslar ostida selfiga tushdik”.
O’zbekistonlik hujumchidan intervyu olgan muxbir Geynrixni bir necha kun oldin faoliyatini yakunlagan Franchesko Tottining selfi bilan gol nishonlashiga k’iyosladi.
“Totti menga yok’adi, u hak’ik’iy afsona. Uning so’nggi o’yinini ko’rdim va futbol bilan xayrlashganini ko’rib yig’ladim. U singari gol nishonlaganimdan mamnunman”, – deya javob berdi hujumchi.

O’zbekistonlik hujumchi Rossiyada bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga chik’ish istagi hak’ida k’o’yidagi fikrlarni bildirdi: “Rossiyadagi JChga borishni juda ham xohlar edim. JCh k’anday ekani hak’ida tushunchaga egaman, chunki 2003 yili BAAdagi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etganman. Rossiyadagi JCh–2018 turnirida k’atnashib, keyin faoliyatimni tugatishni istardim”.
Aleksandr Geynrix O’zbekistondan tashk’ari faoliyati davomida Rossiya, BAA, Janubiy Koreya chempionatlarida to’p surgan. Ayni vak’tda esa u K’ozog’istonda o’ynamok’da. Futbolchi turli mamlakatlarda har xil futbol madaniyatiga duch kelgani va o’ziga yarasha tajriba orttirganini ma’lum k’ildi.
“Rossiyaga birinchi borganimda juda yosh edim va u erda futbol o’ynash oson emasligini tushundim. Mashhur liga, nomdor futbolchilar, katta pul. Asosiy tarkib a’zosi bo’lish oson bo’lmaganini tan olish kerak. BAAda umuman boshk’acha bo’lgan: o’zgacha texnika va noodatiy madaniyat. Rossiya va BAAdagi faoliyatim davomida o’zim uchun kerakli xulosalar chik’arib, tajriba to’plaganman.
Janubiy Koreyada esa k’iynalganman. Bu erdagi hayot tarzi, mahalliy ovk’at, shuningdek, mashg’ulotlarga ko’nikish oson kechmagan. Bir oy o’tgach K-Ligada menga mushkul bo’lishini tushundim. Menimcha, Koreyadagi kareram eng k’iyini bo’lgan. K’ozog’istonda ham anchadan buyon o’ynayman va bu er menga ma’k’ul. K’ozog’iston va O’zbekiston bir-biriga yak’in bo’lgani uchun deyarli barcha narsalar bir xil va aynan shu narsa menga k’ulaylik yaratmok’da”, – dedi o’zbekistonlik xujumchi.
Ma’lumot o’rnida, Aleksandr Geynrix “Do’stlik” (2001), “Paxtakor” (2002, 2005, 2007–2011), SSKA (2003–2004, Rossiya), “Torpedo” (2005–2006, Rossiya), “Suvon Blyuvings” (2011, J. Koreya), “Emireyts” (2012, BAA), “Aktobe” (2012–2014, K’ozog’iston), “Lokomotiv” Toshkent (2014) klublarida to’p surgan. 2015 yildan buyon esa u K’ozog’istonning “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya k’ilmok’da.
Aleksandr Geynrix 2002 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya k’ilib kelmok’da. Shu vak’t mobaynida u 93 uchrashuv o’tkazib, 31 ta golga mualliflik k’ildi. Terma jamoa safidagi o’yinlari soni 100 taga etib k’olganiga k’aramay, Geynrix individual natijalar muhim emasligini, asosiysi jamoaviy o’yin ekanini ta’kidladi.
“Men shaxsiy natija yoki rekordlar ortidan k’uvmayman. Futbol – jamoaviy o’yin va bu eng asosiysi”, – dedi Geynrix.
JCh–2018 turniriga saralash bosk’ichi hak’ida fikr bildirar ekan, Aleksandr Geynrix so’nggi turda Janubiy Koreyaga k’arshi kechadigan o’yin hal k’iluvchi ahamiyatga ega yoki ega emasligi hak’ida gapirish ertaligini aytdi.
“Bu hak’da gapirishga hali erta. Janubiy Koreyaga k’arshi o’yin hal k’iluvchi bo’lishi uchun oldindagi o’yinlarda ochko olishimiz kerak. Keyin koreyaliklarga k’arshi o’yinni hal k’iluvchi desak bo’ladi. “JCh–2018 musobak’asiga avtomatik ravishda yo’l olish uchun bor kuchimizni beramiz. Barchasi o’z k’o’limizda”, – dedi hujumchi.
JCh–2018 turniriga saralash bosk’ichi “A” guruhi 7-turidan keyin vaziyat k’uyidagicha: Eron 17 ochko bilan peshk’adam. Janubiy Koreya 13 ochko, O’zbekiston 12 ochko bilan mos ravishda 2–3 o’rinlarni egallab turibdi. Guruhdagi 4–6 o’rinlarni esa tegishli ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va K’atar (4 ochko) egallagan.
Aleksandr Geynrix O’zbekiston safida gol ursa k’anday nishonlashi hak’idagi savolga k’uyidagicha fikr bildirdi. “Navbatdagi golimni k’anday kiritishimni TV ork’ali ko’rasiz. Bu siz uchun syurpriz bo’ladi”, – deya intervyuga yakun yasadi Aleksandr Geynrix.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni Tehronda Eron mehmoni bo’ladi. 31 avgust kuni esa Samvel Babayan shogirdlari safarda Xitoy bilan, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan to’k’nash keladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.