Kokon-1912 — metallurg prevyu — ozbekiston

«k’o’k’on-1912» — «metallurg»: prevyu — o’zbekiston
22 aprel shanba kuni K’o’k’ondagi “Markaziy” o’yingohda Oliy liga 7-turidan o’rin olgan “K’o’k’on-1912” – “Metallurg” uchrashuvi bo’lib o’tadi. K’uyida mazkur jamoalarning o’zaro o’yindagi statistik ma’lumotlarni tak’dim etamiz.
15-uchrashuv arafasida
Ushbu jamoalar shu kunga k’adar Oliy ligada 14 bor kuch sinashishgan. O’yinlarning ettitasida vakillarimizning k’o’li baland kelgan. “Metallurg” beshta uchrashuvda g’alaba k’ozongan. Ikkita bahsda g’olib nomi anik’lanmagan. To’plar nisbatidagi ustunlik k’o’k’onliklar tomonida 24-21. “K’o’k’on-1912” o’zaro o’yinlarda 23 ochkoga ega bo’lgan. “Metallurg” to’plagan ochkolar esa 17 tani tashkil etadi.
Fakt: Bekobodliklar shu kunga k’adar biror marta K’o’k’onda g’alaba k’ozona olishmagan. “K’o’k’on-1912” esa o’z maydonidagi oltita bahsda rak’ibdan ustun kelgan.
K’o’k’onda o’tgan barcha uchrashuvlar:
17.09.2016 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 2:1
25.10.2015 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 2:1
13.09.2003 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 4:0
23.11.2002 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 1:0
29.04.2000 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 2:0
02.10.1999 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 5:1
05.09.1998 «K’o’k’on-1912» – «Metallurg» 1:1
Hakamlar
22 aprel kuni K’o’k’onda bo’lib o’tadigan “K’o’k’on-1912” – “Metallurg” o’yinini Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar boshk’arib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi Igor Nexochin.
Aytgancha, o’tgan yili ushbu hakam “K’o’k’on-1912” jamoasining uchta o’yinini boshk’argan. Ulardan ikkitasi K’o’k’ondagi uchrashuvga to’g’ri kelgan.
Oliy liga, 7-tur
«K’o’k’on-1912» (K’o’k’on) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), N. Ro’zimov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Boshlanish vak’tlari
Mazkur uchrashuv 22 aprel kuni soat 17:00da boshlanishi kuzda tutilgan. 21 aprel kuni esa ushbu jamoalarning o’rinbosarlari maydonga tushishadi. O’yin 15:30da boshlanadi. Barcha muxlislarimizni “Markaziy” o’yingohga chorlab k’olamiz.
Комментарии 0