La liga malaga realni chempionlikka yakinlashtirdi — ozbekiston

La liga malaga realni chempionlikka yakinlashtirdi — ozbekiston

La liga. malaga realni chempionlikka yak’inlashtirdi — o’zbekiston

«Barselona» g’alaba k’ozonib, jadval peshk’adamiga aylanishi mumkin bo’lgan o’yinda mag’lubiyatga uchradi. «Malaga» nomdor rak’ibga k’arshi juda yaxshi o’yin namoyish k’ildi va hak’li g’alabani k’o’lga kiritdi.
Ammo uchrashuv hakami Xil Mansano bahsni o’ta sust boshk’ardi. Go’yoki, u boshk’a o’yinni boshk’arayotgandek tasavvur uyg’otdi. Uchrashuv boshidan u nazoratni k’o’ldan chik’arib yubordi, bahsli k’arorlar chik’ardi. Har ikkala darvoza tomon bittadan toza penalti belgilamadi, «Malaga»ning bitta toza golini inobatga olmadi.
Bundan tashk’ari, Neymar bugungi o’yinga tayyor emasligi ko’rinib k’oldi. Ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan. Uning o’yini k’ovushmagani etmaganidek, kerakmas vaziyatlarda sarik’ kartochkalar olib, jamoasini k’iyin ahvolga solib k’o’ydi.
Uchrashuv k’ahramoni sifatida «Malaga» darvozaboni Karlos Kamenini e’trof etish joiz. U kamida 2ta vaziyatda Suares bilan yuzma-yuz vaziyatda hujumchidan ustun keldi va jamoasini muk’arrar gollardan k’utk’ardi.
Enrike boshlang’ich tarkibga Jeremi Matyoni kiritib, xatoga yo’l k’o’yib bo’lgandi. Uning tez yugura olmasligi ok’ibatida Sandro Ramires «Barsa» darvozasiga dastlabki golni kiritdi.
So’nggi dak’ik’alarda bir kishi kam bo’lib o’ynayotgan «ko’k-anorranglilar» ko’pchilik bo’lib oldinga o’tib ketishdi va ikkinchi golni o’z darvozalaridan olib chik’ishdi.
Natijada «Barselona» mag’lub bo’ldi hamda «Real»dan esa 3 ochko ortda k’olmok’da. «K’irollik klubi» hisobida 1ta zaxira o’yini ham borligini inobatga olsak, Zidan o’z jamoasi La liga chempionligiga boshlab kelish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo’lib oldi.
«Malaga» esa ushbu mavsumda «Barsa» bilan o’yinlarda 4 ochko ishlashga muvaffak’ bo’ldi.
Ispaniya La ligasi, 31-tur
«MALAGA» — «BARSELONA» 2:0 (1:0)
8 aprel, 23.45, «La Rosaleda»
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (Sharles, 77).
Barselona – ter Shtegen, Mate (Serdji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.