Oits kasalligi — belgilari davolash — ozbekiston

Oits  kasalligi — belgilari davolash — ozbekiston

Oits kasalligi — belgilari, davolash — o’zbekiston

OITS – viruslar immun tizimining zararlanishi natijasida yangi kasalliklarning va yomon sifatli yangi hosilalarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Ma’lumki, bugungi kunda ushbu kasallik dunyo bo’yicha «pandemiya” tusini olmok’da. BJTSSTning 2002 yildagi ma’lumotiga ko’ra, er yuzida OIV/OITS bilan kasallanganlar 42 mln. kishini tashkil etadi. Ulardan 38,6 mln. katta yoshdagilar, 19,2 mln. ayollar, 3,4 mln. 15 yoshgacha bolalardir. 2002 yilning o’zida OITS xastaligi bilan kasallangan 3,1 mln. bemor vafot etdi. Shu kungacha OITS xastaligidan vafot etganlarning soni 25 mln. kishiga etdi. Bu rak’amlar 13 yil oldingi rak’amlar edi.
OITS xastaligining asr vabosiga aylanayotganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, bu kasallik hak’ida bong urishimiz, ommaviy-axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borishimiz lozim. Bu holatlar esa odamlarni ogohlikka chorlaydi. Shu yo’l ork’ali kasallik tark’alishining va yosh bolalar, ayollar, begunoh jonlarning o’limining oldini olishga yordam beramiz.
OITS k’anday boshlangan?
1980 yilning oktyabr oyidan 1981 yilning mart oyigacha Amerikaning Los-Anjeles shahridagi uchta shifoxonada «Pnevmosist zotiljam” tashxisi bilan beshta bemor davolangan. Bu kasallik juda og’ir o’tishi va bu kasallikni chak’iruvchi viruslar dorilarga chidamliligi bilan boshk’a kasalliklardan ajralib turadi. Bu kasallik juda kam uchraydi, asosan chala tug’ilgan chak’alok’larda, immun tizimining pasayishga olib keluvchi dori vositalari k’abul k’ilganlarda yoki radionurlar ta’siriga uchragan odamlarda va saraton bilan kasallangan shaxslarda anik’lanadi. YA’ni, pnevmosistli zotiljam kasalligi paydo bo’lishi immun tizimining jiddiy shikastlanganini ko’rsatadi. Anik’lanishicha, ushbu bemorlarda immun tizimining susayishiga olib keladigan biron sabab bo’lmagan. Ular yosh besok’olbozlar bo’lgan. Bemorlarning immun tizimi tekshirilib ko’rilganda limfositlar sonining keskin kamayib ketganligi anik’langan. Kasallik belgilari asosida bu xastalik «Orttirilgan immunitet tank’isligi sindromi” OITS deb nomlangan.
BUNI BILASIZMI?
OITS kasalligini yuk’tirib olish xavfi bo’yicha aholining ayrim guruhi «xavfli guruh”ga kiritiladi. Ushbu «xavfli guruh”ga giyohvandlar, notanish shaxslar bilan pala-partish jinsiy alok’a k’iluvchilar, jinsiy alok’a yo’li bilan yuk’adigan kasalliklarga chalingan shaxslar kiradi. Aholining bu guruhi jamiyatda o’z xulk’-atvorining buzuk’ligi tufayli OITS kasalligiga ko’prok’ duchor bo’ladilar va kasallikni tark’atish xavfi ham juda yuk’ori bo’ladi.
KASALLIKNI NIMA K’O’ZG’ATADI?
OITS kasalligini viruslar k’o’zg’atib, murakkab viruslar k’attoriga kiradi. OITS kasalligi o’ta xavfli yuk’umli kasalliklar toifasiga kiradi. Kasallikning manbai bemor va odam immunitet tank’isligi virusini tashib yuruvchi shaxslar hisoblanadi.
KASALLIK K’ANDAY YuK’ADI?
1.Jinsiy alok’a yo’li ork’ali-ayoldan erkakka, yoki erkakdan ayolga yuk’adi.
2.Parenteral yo’l ork’ali, ya’ni virus bilan zararlangan k’on va k’on mahsulotlari k’uyilganda, nosteril shprislar va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda, teri butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuk’ishi mumkin.
3.Vertikal yo’l ork’ali, ya’ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chak’alok’k’a tug’ruk’ jarayonida va tug’ilgandan so’ng ona suti ork’ali yuk’ishi mumkin.
BUNI BILASIZMI?
Emizikli yoshdagi bolalar OITS xastaligi bilan xastalangan bo’lsa, onasiga ushbu kasallikni yuk’tirgan holatlar amaliyotda anik’lanilgan. Ularning og’iz shillik’ k’avatida turli yaralar bo’ladi. Natijada so’lagi k’on bilan aralashadi. Bola ona ko’kragini emayotgan vak’tida tishlashi mumkin. Tishlagan sohada esa jarohatlar paydo bo’ladi. Shu sohadagi jarohatga so’lak bilan aralashgan k’ondagi virus tushadi. Natijada boladagi kasallik onaga o’tadi.
KASALLIK BELGILARI NIMADAN IBORAT?
YAshirin davr – bir necha oydan 10 yil va undan ko’prok’ yilgacha davom etishi mumkin. Bu bosk’ichda tashxis fak’at taxminiy bo’lishi mumkin. Bu davrda klinik belgilar bo’lmaydi va OITS virusiga k’arshi antitellalar ishlab chik’arilmaydi. Xastalikka chalingan odamlar soppa-sog’, ish faoliyati buzilmagan, o’zini bemor deb hisoblamaydi. Birok’, bu odamlar kasallikning tark’alishida muhim rol o’ynaydi.
Belgilarning yuzaga chik’ishida bemorlarning 30-50 % kasallik o’tkir boshlanib, tana harorati ko’tariladi, angina yoki faringit belgilari kuzatiladi. Bo’g’imlar, mushaklar og’rishi mumkin. Jigar, talok’ va limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Bu davrda bemor davolanishga muhtoj emas. Asta-sekin bemorlarda tanadagi barcha limfa tugunlarining kattalashuvi, kattalashgan limfa tugunlar orasidagi og’rik’ kuzatiladi. Bemorlarning jinsiy k’obiliyati va ish faoliyati sak’langan bo’ladi. Zarur bo’lganda bemor ambulator davolanish bilan chegaralanadi. Keyingi davrda bemorning immuniteti keskin pasayib ketganligi bois, turli kasalliklar kelib chik’adi. Bemorning ahvoli og’ir bo’ladi. Masalan, surunkali gepatit, pnevmoniya, kamk’onlik, sil, turli saraton kasalliklari. Kasallikning so’nggi bosk’ichi, ya’ni terminal davrda oddiy so’z bilan aytganda, bemor o’lim to’shagida yotadi. Ahvoli o’ta og’ir, ozib ketgan, vak’ti-vak’ti bilan tana harorati ko’tarilib turadi. K’ondagi gemoglobin mik’dori juda pasayib ketadi. Bemor ahvoli kun-sayin og’irlashib, o’lim bilan tugaydi.
OITS K’ANDAY TAShXISLANADI?
Kasallikda k’onda viruslar topilishi va umumiy k’on tahlilidagi o’zgarishlar, immun tizimidagi buzilishlar asosida tashxis k’o’yiladi.
OITS K’ANDAY DAVOLANADI?
Hozirgi davrda OITS kasalligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalishi imkoniyati yo’k’ligi sababli daavolashning mak’sadi bemorning umrini uzaytirishga va uning hayot kechirishini yaxshilashga k’aratilgan bo’lishi lozim.
Bu dahshatli xastalik ko’plab mashhurlarni ham hayotdan olib ketgan.
*Freddi Merkyuri (1946-1991), ingliz musik’achisi va «Queen” guruhining solisti.
*Rok Xadson (1925-1985), amerikalik aktyor, OITS ga chalinganini oshkor etgan ilk mashhur inson.
*Rudolf Nureev (1938-1993), XX asrning eng buyuk rak’k’oslaridan biri, rus baleti artisti.
*Artur Esh (1943-1993), amerikalik tennis ustasi va jamoat arbobi.
*Frenk Mur (1953-2002), amerikalik rassom, OITSga k’arshi kurash timsoli – k’izil lenta yaratuvchisi.
*Ayzek Azimov (1920-1992), yozuvchi, ko’plab bastseller asarlar muallifi, yuragini operasiya k’ilayotgan vak’tda k’on k’uyishgan, k’ondan OITS yuk’tirib olgan.
FAKTLAR, RAK’AMLAR…
*Tibbiyot tarixida hanuzgacha dunyoning 5 k’it’asini bir zumda k’amrab olib, doimiy ravishda o’sishga moyil kasallik anik’lanilmagan.
*Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko’ra, dunyo bo’yicha OITS bilan kasallanganlarning soni 32,6 milionni tashkil etadi.
*OITS virusi k’onda, spermada, k’indan ajraladigan ajralmalarda, ko’krak sutida, ko’z yoshlarida mavjud.
*Ko’krak suti va ko’z yoshlarda virus mik’dori ko’p bo’lmaydi.
XULOSA o’rnida: Azizlar, bunday dahshatli kasallikka chalinmaslik uchun sog’lom hayot tarziga rioya etaylik, o’zimizni va bolalarimizni turli xastaliklardan ehtiyot k’ilaylik, salomatligimizga bee’tibor bo’lmaylik, umringiz uzok’ bo’lsin, k’adrli insonlar!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.