Osiyoning eng yaxshi futbolchilari 51-75-orinlardan 3 nafar ozbekistonlik futbolchi orin oldi — ozbeki

Osiyoning eng yaxshi futbolchilari. 51-75-o’rinlardan 3 nafar o’zbekistonlik futbolchi o’rin oldi — o’zbekiston
Sandalsforgoalposts. com veb-sayti 2016 yildagi Osiyoning eng kuchli 100 nafar futbolchisidan iborat reyting tuzib chik’di. Veb-sayt tahririyati ro’yxatning ikkinchi k’ismini e’lon k’ildi. Unda 51-75-o’rinlarni egallagan 25 nafar futbolchi joy olgan. E’tiborli tomoni, bu futbolchilar orasida 3 nafar o’zbekistonlik o’yinchi bor.
71-o’rin. Aleksandr Lobanov, «Paxtakor», darvozabon
Reytingning 71-pog’onasini O’zbekiston terma jamoasi posboni Aleksandr Lobanov egallagan. U 2016 yil davomida O’zbekiston terma jamoasi darvozasini 7ta rasmiy o’yinda k’o’rik’lab, ularning beshtasida darvoza daxlsizligini sak’lab k’olgan. Uning ishlari Eron chempionatida («Persepolis») yurishmagach, avgust oyidan boshlab «Paxtakor»ga k’aytdi.
57-o’rin. Sardor Rashidov, «Al-Jaish», K’atar, yarim himoyachi
Sardor K’atar chempionatida o’zining ilk mavsumini o’tkazdi. Uning ishtiroki yomon chik’madi, ammo terma jamoa safida u k’adar samarali o’yin namoyish k’ilmadi. Aynik’sa, uzok’ davom etgan yozgi ta’tildan so’ng u formasini tiklab olishi k’iyin kechdi. O’zbek futbolchisi yangi mavsumda «Al-Jaish» tarkibida 10ta gol urishga muvaffak’ bo’ldi. Rashidov «Jaish» tarkibida OChLning yarim final bosk’ichigacha etib bordi. Nashr o’tgan yilgi reytingda Sardor Rashidovni 22-o’ringa k’o’ygandi.
52-o’rin. Vitaliy Denisov, «Lokomotiv», Rossiya, himoyachi
O’zbekistonlik himoyachi o’tgan yilgi reytingda 80-o’rinda k’ayd etilgandi. Bu safar hamyurtimiz yuk’orirok’k’a joylashtirildi. Vitaliy Denisov o’z klubida ham, O’zbekiston terma jamoasida muhim futbolchi bo’lib k’olmok’da. U chap k’anot himoyasini egallasa ham, doimo hujumga k’o’shilib turadi.
Eslatib o’tamiz, Sandalsforgoalposts. com tomonidan tuzilgan reytingda «Lokomotiv» hujumchisi Temurxo’ja Abduxolik’ovga 88-o’rinni egallagandi.
Комментарии 0