Ozbekiston prezidenti moskvaga tashrif kiladi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti moskvaga tashrif k’iladi — o’zbekiston
Ortik’cha umidlardan xoli bark’arorlik: O’zbekiston prezidenti Moskvaga tashrif k’iladi O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar uchun yangi syurpriz hozirlamayapti, bu tashrif Toshkentning Moskva tomon tezrok’ intilishiga sabab bo’lmaydi, degan RIA Novosti tomonidan so’ralgan ekspertlar. Ilgarirok’ Kreml matbuot xizmati Mirziyoev 4–5 aprel kunlari ilk bor Rossiyaga davlat tashrifi bilan kelishini ma’lum k’ilgan edi. «5 aprel kuni o’tkaziladigan oliy darajadagi muzokaralar mobaynida ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari muhokama etilib, siyosiy, savdo-ik’tisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish choralarini belgilab olish», shuningdek, «bir k’ator xalk’aro va mintak’aviy dolzarb muammolar bo’yicha fikr almashish» mo’ljallanmok’da. Davlat tashrifi — bu xorijiy davlatlar vakillarining Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashriflarining oliy darajasi hisoblanadi. Bu tashrif davlat rahbarlari darajasida amalga oshiriladi va ko’p hollarda ularning lavozimdagi davrida bir martagina amalga oshiriladi. Syurprizlar bo’lmaydi Mamlakatning birinchi prezidenti vafot etgach, Toshkentning tashk’i siyosatdagi yo’nalishi belgilanishini ko’p kutishga to’g’ri kelgani yo’k’ va sensasiya ham ro’y bermadi. Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Karimovning dafn marosimida k’atnashgan bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvlari chog’ida Mirziyoev nima bo’lganda ham, Rossiya yo’nalishida hammasi avvalgidek k’olishini bildirgan edi. O’shanda bo’lajak prezident O’zbekiston uchun Rossiya bilan munosabatlar «strategik sherikchilik, ittifok’chilikka asoslangani, shunday ekani va shunday bo’lib k’olishi»ni bildirib o’tgan edi. Ekspertlarning fikricha Mirziyoevning Moskvaga tashrifi mobaynida ham syurprizlar kutilmaydi. «Mirziyoev Karimov siyosatining asosiy, strategik jihatlariga rioya k’ilishini bildirib o’tgan… Shu sababli, Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi yanada bark’aror munosabatlardan umid k’ilaverish mumkin», — degan RIA Novosti bilan suhbatda Moskva davlat xalk’aro munosabatlar instituti Tahliliy markazi direktori Andrey Kazansev. Birok’, uning fikricha, Toshkent Rossiya tomonidan taklif etiladigan integrasion uyushmalarda k’atnashishdan ehtiyotlik bilan o’zini tortib turadi. Gap Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) va Evroosiyo ik’tisodiy ittifok’i (EOII) kabilar hak’ida bormok’da. » O’zbekistonning Rossiya tomon ildamrok’ intilishi, K’ozog’iston darajasidagi strategik sherikka aylanishini kutishdan ma’ni yo’k’. Bu masalada, fikrimcha, k’andaydir ortik’cha umidlarga berilmaslik kerak», — degan ekspert. Evroosiyo tahliliy klubi rahbari, Xalk’aro masalalar bo’yicha Rossiya kengashi eksperti Nikita Mendkovich ham yuk’oridagi fikrlarga k’o’shiladi. «YAk’in orada O’zbekiston siyosatida k’andaydir radikal o’zgarishlarni kutmayapman, chunki strategik yo’nalishlar darajasida amaldagi prezident eski siyosatni k’o’llashda bardavom. YA’ni, Rossiya bilan ma’lum bir munosabatlar darajasini sak’lagan holda, u uzok’ xorij davlatlari bilan alok’alardan ham to’lik’ voz kechmasligi anik'», — dedi u RIA Novosti’ga. «Fikrimcha, Rossiyaga joriy tashrifi davomida O’zbekiston prezidenti Moskva bilan munosabatlarning ma’lum darajasini sak’lab k’olish niyati va ik’tisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikning mavjud ko’rinishlarini asrab k’olish xohishini namoyon etsa kerak», — deya k’o’shimcha k’ilgan Mendkovich. Terrorchilikka k’arshi kurashda muhim sherik Bir tomondan do’stlik hak’ida gapirib, boshk’a tomondan o’ta yak’in integrasiyaga shoshilmaydigan sherik bilan nima borasida kelishish mumkin? Ekspertlarning fikricha, xavfsizlik masalalari eng birinchi navbatda bo’lmog’i lozim. «Strategik sohada O’zbekiston juda muhim hamkor, chunki u Markaziy Osiyoning k’ok’ markazidan joy egallagan. Birok’ u erda Afg’oniston va YAk’in Shark’dagi og’ir vaziyatlar tufayli ko’plab xatar va tahdidlar mavjud», — deya ta’kidladi Kazansev. «O’zbekiston hukumati yillar mobaynida o’z hududida ekstremizmga k’arshi faol kurash olib bormok’da va bu bilan minatak’aning bark’arorlashuvi va Afg’oniston bilan chegaralarning mustahkam bo’lishiga erishib kelmok’da. Bu nuk’tai nazarda O’zbekiston — avvalo xalk’aro terrorizm va diniy ekstremizmga k’arshi kurashda bark’arorlik va xavfsizlikni ta’minlovchi sherik hisoblanadi», — dedi u. Mendkovichning fikricha, umumiy tutashuv nuk’talari hak’ida gapirilsa, gap avvalo xavfsizlik masalalariga borib tak’aladi. «Hanuzgacha biz afg’on tahdidini — Afg’oniston hududidan kelayotgan ekstremizm va terrorizm xavfini bartaraf eta olganimiz yo’k’, bu masalada Markaziy Osiyoning Afg’oniston bilan chegaradosh davlatlarining barchasi bahamjihat hamkorlik k’ilmog’i zarur. Ular sirasiga, albatta, O’zbekiston ham kiradi. Bu masalada mulok’ot va harakatlarni muvofik’lashtirish, chegaralarni himoya k’ilish uchun birgalikdagi k’andaydir choralar talab etiladi», — dedi u. Ik’tisodiy realizm Shubhasiz, Mirziyoevning Moskvaga tashrifi davomida ik’tisodiyot masalalari ham muhokama etiladi. Kutilishicha, tashrif yakunlari bo’yicha hukumatlararo, idoralararo va tijoratga oid hujjatlar imzolanadi. Lekin ilgarirok’ O’zbekiston Rossiya bilan 2016 yilda 2015 yildagiga nisbatan 5 foizga — 4,2 milliard AK’Sh dollarigacha kamaygan tovar aylanmasi hajmini sezilarli oshirish hak’ida bayonot bergan edi. O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Rustam Azimov o’zbek korxonalari RFga engil va yuk avtomobillari, avtobuslar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, tekstil va charm-poyafzal mahsulotlari, maishiy texnika, kabel-o’tkazgich mahsulotlari, k’urilish materiallari etkazishni sezilarli tarzda oshirishi mumkinligi hak’ida gapirgan edi. Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston, o’z navbatida, Rossiyadan ishlab chik’arish-texnik mak’sadlardagi mahsulotlar, jumladan, neft, metall prokati va k’uvurlar, taxta va yog’och mahsulotlari, turli mexanik va elektr uskunalari, kimyoviy sanoat mahsulotlari, k’og’oz mahsulotlari, farmasevtik preparatlar, maxsus transport vositalari va boshk’alarni xarid k’ilishga tayyor. Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati O’zbekiston MDH mintak’asida Rossiyaning asosiy savdo-ik’tisodiy sheriklaridan biri hisoblanishini aytib o’tgan edi. «Rossiya Federasiyasi 2016 yil yakunlariga ko’ra, tashk’i savdo aylanmasidagi 17,2 foiz ulushi bilan O’zbekistonning barcha savdo sheriklari ichida ikkinchi o’rinni egallaydi. Nok’ulay tashk’i kon’yunkturaga k’aramasdan, 2016 yilda davlatlar ikki tomonlama savdoning tabiiy hajmini sak’lab k’olishga, bir k’ator ba’zi sohalarda esa sezilarli o’sishga ham erishgan», — deyiladi xabarda. Ikki mamlakat energetika sohasida ham faol hamkorlik k’ilmok’da. RF vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, umumiy investisiyalari hajmi 5 milliard dollar bo’lgan «LUKOYL» O’zbekistondagi eng yirik xorijiy investor hisoblanadi. Bundan tashk’ari, Rossiyaning boshk’a bir kompaniyasi — «Gazprom» yak’inda O’zbekistondan keyingi besh yilda tabiiy gaz xarid k’ilish bo’yicha Toshkent bilan kelishuvga erishgan. Ilgarirok’, «Gazprom» 2016 yil yakunlariga ko’ra sotib olingan 6,2 milliard metr kub gaz o’rniga 2017 yilda 5 milliard metr kub sotib olishi xabar k’ilingan edi. Gas Project Development Central Asia (Gazprom International’ning sho’’ba strukturasi) va O’zbekneftgazning yana bir loyihasi doirasida Ustyurtdagi konlardan gaz k’azib olishni boshlash rejalashtirilmok’da. Loyihaga ko’ra, yak’in 10 yil ichida 1,5 milliard metr kub gaz va 76 ming tonna kondensat k’azib olish k’uvvatlari yaratiladi. Inverstisiyalar hajmi 700 million AK’Sh dollarini tashkil etishi mumkin.
Комментарии 0