Ozbekiston va kozogiston prezidentlari telefon orkali mulokot otkazdi — ozbekiston

Ozbekiston va kozogiston prezidentlari telefon orkali mulokot otkazdi — ozbekiston

O’zbekiston va k’ozog’iston prezidentlari telefon ork’ali mulok’ot o’tkazdi — o’zbekiston

O’zaro kelishuvga muvofik’ O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan K’ozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboev o’rtasida 24 aprel kuni telefon ork’ali mulok’ot bo’lib o’tdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-ik’tisodiy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshk’a sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan k’ayd etdilar.
2017 yilning 22?23 mart kunlari Ostona shahrida bo’lib o’tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar O’zbekiston — K’ozog’iston o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini amaliy mazmun bilan boyitdi va o’zaro hamkorlikning yangi istik’bollarini belgilab berdi.
Tomonlar yak’in yillarda k’ulay sharoitlar yaratish, biznes sub’ektlari o’rtasida bevosita va uzok’ muddatli sheriklik alok’alarini o’rnatishga ko’maklashish, transport-kommunikasiya va tranzit salohiyatini oshirish hisobidan o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga etkazish hak’idagi mo’ljalni tasdik’ladilar. Hududlararo, avvalambor, chegaraoldi hududlar o’rtasida alok’alarni yanada kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni faollashtirish k’o’llab-k’uvvatlandi.
Ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha hukumatlararo k’o’shma komissiya o’zaro hamkorlikning barcha yo’nalishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari O’zbekiston va K’ozog’iston k’ardosh xalk’larimizning vak’t sinovidan o’tgan o’zaro munosabatlariga amal k’ilgan holda, bundan buyon ham mamlakatlarimiz bark’aror ik’tisodiy tarak’k’iyotini ta’minlashga k’aratilgan k’o’shma dastur va loyihalarni amalga oshirishni k’o’llab-k’uvvatlashini k’ayd etdilar.
Tomonlar mintak’aviy va xalk’aro siyosatga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Suhbat O’zbekiston — K’ozog’iston munosabatlariga xos samimiy va do’stona, o’zaro anglashuv va hurmat ruhida o’tdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.