Ozbekistonda ozbekiston 24 yangiliklar teleradiokanali ishga tushadi — ozbekiston

O’zbekistonda o‘zbekiston 24 yangiliklar teleradiokanali ishga tushadi — o’zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 maydagi k’arori bilan Milliy teleradiokompaniya tizimida kunu tun faoliyat olib boradigan «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali tashkil etilishini tasdik’ladi. Bu hak’da «Gazeta. uz»ga hukumat va MTRKdagi axborot manbalari ma’lum k’ildi.
Xorijda muxbirlik punktlari bo’ladigan yangi telekanalni tashkil etishdan ko’zlangan mak’sad aholiga xolis va ishonchli axborotlarni etkazish, respublika axborot muhitini sifatli axborot-tahliliy mahsulotlar bilan to’yintirish, mamlakatda va xorijda siyosat, xavfsizlik, ik’tisodiyot, madaniyat, fan va sport sohalarida ro’y berayotgan ahamiyatga molik hodisalarni tezkorlik bilan yoritishni taminlashdan iborat ekani xabar k’ilindi.
K’arorda k’ayd etilishicha, mamlakatda axboriy ko’rsatuvlar tahlili eng avvalo aholida faol fuk’arolik pozisiyasi va amalga oshirilayotgan islohotlarga alok’adorlik tuyg’ularini shakllantirishda teleradiokanallar axborot xizmatlari salohiyatidan etarli darajada foydalanilmayotganini ko’rsatgani ta’kidlab o’tilgan.
«O‘zbekiston 24» butun mamlakat hududi bo’ylab ichki va tashk’i siyosatning dolzarb masalalari bo’ycha yangiliklar jurnalistikasining yangi formatiga asoslangan holda kunu tun axboriy ko’rsatuvlarni efirga uzatadi.
«O‘zbekiston 24» fuk’arolarni k’iynayotgan muammolar hamda joylardagi dolzarb masalalarni muhokama k’ilish va hal etish uchun davlat organlari va tashkilotlarning mutasaddi rahbarlari, ekspertlar hamjamiyati va akademik doiralar vakillarining aholi bilan ochik’ va to’g’ridan-to’g’ri mulok’otlarni tashkil etish ham telekanal vazifalari sifatida sanab o’tilgan.
K’aror bilan «Diyor» telekanali («Madaniyat va ma’rifat» telekanali tuzilmasida) va «Toshkent» radiokanali («Toshkent» teleradiokanali) faoliyati tugatildi. Ularning chastotalari va ozod k’ilingan shtat birliklari yangi kanalga beriladi. «O‘zbekiston 24» kanalining cheklangan shtat birligi 251 nafar (shu jumladan 10 nafar boshk’aruvchi shaxs) etib belgilandi.
«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida barcha uchun ochik’ bo’lgan ijtimoiy rak’amli uzatish paketiga kiritildi. Uning HDformatdagi translyasiyasi parallel ravishda UzHD kanalida efirga uzatiladi.
YAngi teleradiokanal yak’in oylarda efirga chik’ishi lozim.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.