Sakristan real sosedad kamp nouda barselonani maglub eta oladi — ozbekiston

Sakristan: real sosedad kamp nouda barselonani mag’lub eta oladi — o’zbekiston
«Reala Sosedad» bosh murabbiyi Eusebio Sakristan Ispaniya kubogining chorakfinalidan o’rin olgan «Barselona» klubiga k’arshi javob o’yinidan oldin o’z fikrlarini aytdi.
Dastlabki o’yinda Kataloniya klubi 1:0 hisobida g’alaba k’ozongan edi.
«Biz o’z kuchimizga ishonamiz va yarimfinalga chik’ish imkoniyati bizni ilhomlantirmok’da. Biz «Kamp Nou»da «Barselona»ni mag’lub eta olamiz, bunga ishonchimiz komil.
Bizni juda muhim javob o’yini kutmok’da. Futbolchilar unga tayyor va bu menga xotirjamlik bag’ishlamok’da.
«Barselona» maydonidagi omadsiz statistikaga k’aramasdan, hozir biz uchun k’ulay vaziyat va undan foydalanib k’olishimiz lozim» — dedi Sakristan.
«Barselona» – «Real Sosedad» o’yini bugun tunda, soat 01:15da boshlanadi.
Комментарии 0