Shurtan bosh murabbiy yuqligi vaqtincha holat — ozbekiston

«shurtan»: bosh murabbiy yuqligi vaqtincha holat — o’zbekiston
Shu kunlarda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan kupgina OAVda futbol buyicha Uzbekiston Chempionati Oliy ligasida ishtirok etayotgan “Shurtan” PFK khususida bir qator turli fikr va mulohazalar bitilgan maqolalar chop etilmoqda.
Ulardagi asosiy mavzu klubimiz bilan yuzaga kelgan muammolar echimi va “Oq burilar”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi, shuningdek keyingi faoliyatimiz qanday kechishi tugrisida bormoqda. Biz ushbu maqolamiz orqali saytimiz uquvchilari, “Shurtan”ning kup ming sonli mukhlislari va Respublika miqyosida faoliyat kursatadigan shu soha mutakhassislari, OAV vakillariga quyidagilarni malum qilmoqchimiz:
Avvalo, muammolar haqida gap ketganida, bugungi kunda bu holat nafaqat “Shurtan”, balki boshqa jamoalarda ham kuzatilayotganligini tan olishimiz kerak. Faqat uning darajasi har qaysi klubda turlicha kurinishda buladi. Muammolar echimini ham har bir jamoa uz bilganicha hal qiladi. Shu jumladan bizning “Shurtan” klubimiz ham bu borada uz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib va birinchi navbatda ishonchli bosh homiymiz – “Shurtanneftgaz” MChJ kumagiga tayanib ish olib bormoqda. Aynan mana shu masala yuzasidan kuni kecha klubimizning yangi tayinlangan Bosh direktori Kamoliddin Ergashevich Rahimov ham yigilib qolgan savollarga saytimiz orqali tula-tukis, aniq va ravshan javob berdi.
Shuning uchun tashqaridan turib, nima buladi?, qanday buladi? kim yordam beradi? qabilidagi gap-suzlarni kupaytirish, uquvchilar ommasining fikrini chalgitish urinsiz va mantiqsiz holat deb bilamiz.
Uz urnida takidlab utishimiz kerak, ayni paytda jamoada ikkinchi davraga tayyorgarlik buyicha aniq reja asosida qizgin ish olib borilmoqda. Malakali mutakhassislar – Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev qul ostida tajribali futbolchilar bilan bir qatorda mahalliy istedodlar, urinbosarlar tarkibida uz uyinlari bilan murabbiylar ishonchini qozonib kelayotgan umidli yoshlar ham mashgulotlar jarayonida faol ishtirok etishmoqda. 11 iyul sanasida esa Uzbekiston Professional Futbol Ligasi musobaqalarni utkazish Reglamantiga asosan “Shurtan” jamoasining murabbiylar guruhi va futbolchilari Toshkentdagi Respublika Sport tibbiyot ilmiy-amaliy markazida uz sogliklarini kurikdan utkazishadi.
Yana bir eng asosiy mavzu bu – bosh murabbiy masalasi. Tugri, hozircha jamoada ushbu urin bush turibdi. Lekin bu vaqtincha holat. Hech kimga sir emas, uzbek futbolida “Shurtan”ning uz urni, mustahkam mavqei, obru-etibori bor va bundan keyin ham shunday buladi. Shuning uchun ham “Oq burilar” jamoasini boshqarishni uziga munosib va sharaf deb biladigan mutakhassislar mamlakatimizda etarlicha topiladi. Shu kunlarda bir qator nomdor, malakali murabbiylar klub rahbariyatining etiborida turibdi. Nomzodlar bilan qizgin muzokaralar olib borilmoqda. Tez orada kun tartibidagi ushbu muhim masala ham uz echimini topadi. Voqealar rivojini kuzating va biz yangiliklarni saytimiz orqali yoritib boramiz.
Комментарии 0