Uzbekkosmos kosmik faoliyatni rivojlantirish bilan shugullanadi — ozbekiston

Uzbekkosmos kosmik faoliyatni rivojlantirish bilan shugullanadi — o’zbekiston

Uzbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish tugrisidagi farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilindi.
Unda qayd etilishicha, respublika kosmik tadqiqotlar va tekhnologiyalarni rivojlantirish uchun amaliy tajriba, intellektual resurslar va bazaviy kosmik infratuzilmalarga ega.
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilishi
rejalashtirilayotgan Kosmik tadqiqotlar va tekhnologiyalar agentligi sohani nazorat
qiladi. U kosmik sohani rivojlantirish va undan foydalanish jabhasida yagona
davlat siyosati va strategik yunalishlarni ishlab chiqish va amalga tatbiq etishga
javobgar hisoblangan davlat boshqaruv organi buladi.
«Uzbekkosmos» agentligi huzurida Ilmiy-tekhnik va ekspertlik kengashini tashkil
etish rejalashtirilmoqda. Uning tarkibidan Akhborot tekhnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, Mudofaa, Innovasion rivojlanish vazirliklari,
Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, Geologiya va mineral
resurslar davlat qumitalari, Fanlar akademiyasi vakillari urin oladi.
2019 yil 1 fevralga qadar «Kosmik faoliyat tugrisida»gi qonun loyihasi, 2018 yil 20 dekabrga qadar — 2019-2029 yillarda kosmik faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi, 2019 yil 1 noyabrga qadar — 2019-2029 yillarda kosmik
faoliyatni rivojlantirish davlat dasturi loyihasi ishlab chiqiladi.
Konsepsiya va dastur loyihalarida yuqori darajadagi sanoat va ekologik khavfsizlik tekhnologiyalari qullanilgan holda kosmik soha infratuzilmalari
obektlarini qurish, shuningdek Uzbekiston va khorijdagi OTM hamda uquv markazlarida
mutakhassislar tayyorlash masalalari urin oladi.
Uzbekiston talabalari va mutakhassislarini Evropa hamda
Janubiy Osiyodagi kosmik uquv markazlarida uqish va malaka oshirish uchun junatish
taklif etilmoqda. Bundan tashqari, 2019 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent davlat
tekhnika universiteti, Uzbekiston milliy universiteti va Toshkent akhborot
tekhnologiyalari universitetida «Amaliy kosmik tekhnologiyalar» kafedralari tashkil
etiladi. 2019 yil 1 sentyabrdan esa Rossiyaning ikhtisoslashgan OTMlarida har
yillik qabul va maqsadli talim taminlanadi.
Eslatib utamiz, fevralda prezidenti Shavkat Mirziyoev
Uzbekistonda kosmik tadqiqotlar va tekhnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisidagi farmoyishni imzolagan edi. Mazkur hujjatga binoan shakllantirilgan komissiya milliy suniy yuldosh tarmoqlarini yaratish, kosmonavtika muvaffaqiyatlarini joriy etish va soha uchun kadrlar tayyorlash, kosmik va suniy yuldosh tekhnologiyalarini joriy etish buyicha loyihalarga milliy ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablaglarni jalb qilish yuzasidan takliflar tayyorlashi lozim edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.